IT Park’ning uchinchi inkubatsiya va akseleratsiya to‘lqinining Demo kuni!

2021-yil 28-avgust kuni IT Park inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari doirasida hisobot kuni - dasturlarni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar uchun demo kuni bo‘lib o‘tdi.

Demo kunining tashkilotchilari - IT Park va O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

Shu kuni startaplar asoschilari o‘z loyihalarini investorlar, hamkorlar va hakamlar hay’ati a’zolariga taqdim etishdi, jumladan:

- “Seed Mentors” venchur kompaniyasi direktori (Buyuk Britaniya), “Accel Capital Partners” asoschisi (Buyuk Britaniya) va “Visatier” (Buyuk Britaniya) asoschilaridan biri Muzaffar Saydiganiyev;

- “Startap tashabbuslari” loyihasi koordinatori, “O‘zbekiston biznes forumi” loyihasi komponentining menejeri, BMTTD dasturining uchinchi komponenti menejeri Usmon Rahimjonov;

- O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Raqamli sanoatni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Javoxir Azimov;

- 5 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan katta ishlab chiqish muhandisi, veb va mobil ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Sardor Islomov;

- Kanadadagi kompaniyalarning asoschisi, egasi va hammuallifi

savdo, operatsiya, ta’minot zanjiri boshqaruvi, logistika va marketing bo‘yicha tajribaga ega Sarvar Jalolov.

Hamkorlar orasida venchur fondlari, biznes farishtalar, davlat tashkilotlari, xususiy maktablar, dorixona tarmoqlari, klinikalar va boshqalar ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, uchinchi to‘lqinga 202 ta ariza kelib tushdi, shundan 121 ta ariza inkubatsiya dasturida qatnashish uchun, 81 tasi esa akseleratsiya uchun.

Inkubatsiya dasturiga 105 erkak va 17 ayol, akseleratsiya dasturiga esa 70 erkak va 11 ayol hujjat topshirgan.

O‘rtacha, ishtirokchilarning yoshi 16 dan 36 yoshgacha. Ishtirokchilarning eng yoshi 14 yoshda, eng kattasi 46 yoshda.

IT Park’dagi inkubatsiya va akseleratsiya dasturining uchinchi to‘lqini 4 oy davomida 8 ta modul va 34 ta tadbirdan iborat edi.

Natijada, Demo kuniga o‘z loyihalari bilan 12 ta jamoa yetib keldi.

Ularga quyidagilar kiradi:

Coozin - O‘zbekistondagi ishsiz va muhtoj ayollarga yordam berishni maqsad qilgan. Ilovaning asosiy maqsadi - hozirda uyda bo‘lgan ayollarga hech qanday sarmoyasiz o‘z biznesini boshlashi uchun onlayn platforma yaratish.

Micros24 - bu “yagona oyna” tamoyili asosida ishlaydigan O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes uchun ishlab chiqilgan raqamli buxgalteriya xizmati. Buxgalteriya hisobi va soliq hisobini yuritishga, qonuniy ahamiyatga ega bo‘lgan elektron hujjat aylanishidan foydalangan holda kontragentlar bilan ishlashga, virtual kassa mashinalaridan realizatsiya haqidagi ma’lumotni darhol olishga, shuningdek nazorat organlariga normativ hisobotlarni taqdim etishga imkon beradi.

Yesshan - Markaziy Osiyoda jamoaviy moliyalashtirish va moliyaviy boshqaruv platformasi.

PRINTCHI - har qanday hujjatni jamoat joyida o‘rnatilgan eng yaqin bepul printerda chop etish imkonini beruvchi tizim.

Boombuy - bu chakana sotish loyihasi. Birlashgan sodiqlik dasturi, bu sizga turli savdo nuqtalarida bonusli ballarni to‘plash va ulardan foydalanish imkonini beradi va shu orqali mijozlarning ushbu savdo nuqtalariga kelishini oshiradi.

Mental Arifmetika - maktab o‘quvchilariga mental arifmetikani o‘rgatish uchun platforma 

Aboo - bu o‘quvchilar va talabalar uchun bepul, arzon o‘quv materiallarini taklif qiladigan o‘quv platformasi. Loyiha o‘quv materiallarini maqola, interaktiv testlar, elektron kitoblar va audiokitoblar ko‘rinishida taqdim etish hamda iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish orqali yoshlarning ta‘limga bo‘lgan qiziqishini oshirish imkoniyatini beradi.

Smart Medical - bu klinikalarda navbatni avtomatlashtirish tizimi.

Hopme - bu yuridik shaxslar uchun bozor, bu etkazib beruvchilar bilan ishlashni osonlashtiradi.

Gardens of Babylon -bu sun’iy intellekt va blokkain tizimi joriy qilingan innovatsion vertikal fito-fermadir, bu sizga qiyin iqlim va shahar sharoitida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining barcha turlarini, aromatik va dorivor o‘simliklarni etishtirish imkonini beradi. Maxsus ishlab chiqilgan sun’iy intellekt vertikal fito-fermalarda har bir o‘simlikning sog‘lig‘ini kuzatib, odamlarning ishtirokini kamaytiradi.

AvtoTeksh - bu ikkilamchi bozorda avtomobil sotib olishda ma’lumot berish tizimi.

Sport Spot - bu kichik va o‘rta biznesni yagona transport agregatoriga birlashtiruvchi platforma

Har bir loyihaga mahsulot taqdimoti uchun 5 daqiqa va savol-javob uchun 3 daqiqa ajratilgan edi.

Har bir startap loyiha uchun Demo kunining natijasida manfaatdor sarmoyadorlar, shuningdek, ishbilarmon doiralar va hamkorlar sarmoyalarini jalb qilishi va networking’ni yaxshilashdi

IT Park’ning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarining uchinchi to‘lqinidagi Demo kuni barcha ishtirokchilar uchun o‘z maqsadlari va orzulariga erishish yo‘lida yana bir muhim qadam tashlaydigan kunga aylandi.

Havola orqali Demo kuni qanday o‘tganini ko‘rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=2K9_IGopVNY

 

 


 

 

2021-09-06