IT Park o‘z dasturlarini britaniyalik tadbirkorlarga taqdim etadi

IT Park Oʻzbekistonning Londondagi elchixonasi bilan birgalikda Buyuk Britaniyalik tadbirkorlar uchun onlayn konferensiya tashkil etmoqda.

Konferensiya mavzusi Oʻzbekiston bozoriga kirishda xorijiy kompaniyalarni qoʻllab-quvvatlash dasturlari boʻladi. IT Park vakillari tafsilotlarni baham koʻrishadi va quyidagi dasturlarga oid barcha savollarga javob berishadi:

  • Zero Risk — Oʻzbekiston bozoriga minimal xavf va xarajatlar bilan kirishni xohlovchi xorijiy IT-kompaniyalar uchun taklif;
  • Global Excellence — belgilangan shartnomalar boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun FDI maslahatchilari bilan hamkorlik qilish taklifi;
  • One stop shop — Oʻzbekistonda kompaniya ochish va roʻyxatdan oʻtkazishda IT Park tomonidan beriladigan yordam;
  • Softlanding — xodimlar uchun uy-joy, ofis uchun xonalar topish, ishga joylashish uchun litsenziya olishda yordam berish va boshqalar;
  • IT Park rezidenti maqomini olish — rezident kompaniyalar uchun soliq imtiyozlari va soddalashtirilgan bojxona tartib-qoidalari.

Tadbir 5-sentabr kuni, soat 10:00 dan 11:30 (London vaqti) boʻlib oʻtadi va Oʻzbekistonda oʻz biznesini va(yoki) mintaqaviy vakolatxonasini ochish yoki kengaytirish imkoniyatlarini koʻrib chiqayotgan, shuningdek, BPO va KPO uchun yangi bozorlarni qidirayotgan biznes vakillari uchun qiziqarli boʻladi.

Ro‘xatdan o‘tish.

2023-08-17