2021-yil 27-martdan 28-martga qadar Qashqadaryo viloyatida startaplarga qiziqqan barcha yoshlar uchun “Hack4Region” xakatoni o‘tkaziladi.
Xakaton startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlash va uni yangi g‘oyalar, chehralar va jamoalar bilan to‘ldirish uchun tashkil etilgan.
Xakaton tashkilotchilari IT Park va hududning barcha universitetlari hisoblanadi, xususan:
1) Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali;
2) Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;
3) Qarshi davlat universiteti;
4) Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali;
5) Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali;
6) Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali.
Xakatonda barcha ko‘ngillilar, shuningdek Qashqadaryodagi oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etishi mumkin.
Ishtirokchilarga qo‘yilgan vazifalar:
Xakaton ishtirokchilariga jamiyatimizning muayyan muammosini hal qiladigan mahsulotni ishlab chiqish hamda uni jamoatchilik va hakamlar hay’atiga taqdim etish uchun 2 kun vaqt beriladi.
Muhim shart:
Bitta jamoada ishtirokchilarning maksimal soni 3 tadan kop bolmagan kishi bolishi lozim
Maxsus taklif qilingan mutaxassislar va murabbiylar ishtirokchilarga 2 kun davomida loyiha prototipini amalga oshirishning eng samarali va tezkor usulini ko‘rsatib, amaliy yordam berishadi.
Yakuniy xulosalarga muvofiq, muvaffaqiyatli startap-loyihalar ko'rinishidagi qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritadi.
Ro‘yxatdan o‘tish 2021-yil 25-martgacha davom etadi va soat 15:00 da tugaydi.
Ro'yxatdan o'tish havolasi: https://forms.gle/YprzHU2XakQ4FEyg7
Manzil: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti (https://goo.gl/maps/kT2riuoTBzi687Y26)
Sana: 2021-yil 27-28 mart
2021-03-16