IT-Park Qozogʻistonning Venchur fondi bilan hamkorlik qiladi

IT-Park Qozogʻiston Respublikasi - QazTech Ventures venchur fondi bilan oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.

2019-yil 1-noyabr kuni IT-Park va QazTech Ventures vakillari oʻrtasida rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirda ishtirokchilar amalga oshirilgan ishlar, ishchi tuzilmalar va Markaziy Osiyodagi startap-ekotizimni rivojlantirish boʻyicha kelajakdagi rejalar haqida soʻnggi maʼlumotlar bilan boʻlishdilar.

QazTech Ventures kompaniyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari Medet Dusembayev ham davlatimizning IT-Parkni va Oʻzbekistondagi IT yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim tizimini qoʻllab-quvvatlayotganini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro hamkorlikni kelgusida yanada rivojlantirish toʻgʻrisida kelishib oldilar va tantanali ravishda oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

“QazTech Ventures” AJ venchur moliyalashtirish vositalari, biznes-inkubatsiya va texnologik konsalting vositalari orqali texnologik tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan. QazTech Ventures Qozogʻiston Respublikasi “Bayterek milliy boshqaruv xoldingi” AJ tarkibiga kiradi.

2019-11-06