IT Park rezidenti “Exadel” amaliyotchilarni qidirmoqda!

IT Park rezidenti “Exadel” ikkita yoʻnalishda amaliyotchilarni qidirmoqda: .NET SandBox va Java SandBox.  Amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagan amaliyotchilar “Exadel” xalqaro IT-kompaniyasida dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha yordamchi lavozimiga ega bo‘lishlari mumkin.

.NET yoʻnalishi boʻyicha amaliyot oʻtash uchun nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

- ingliz tili darajasi: Intermediate va undan yuqori;

- OOP tamoyillarini tushunish va bilish;

- HTTPʼ(lar)ning asosiy bilimlari;

- API/REST asoslarini bilish, API yaratish tamoyillarini tushunish;

- asinxron operatsiyalar boʻyicha asosiy bilimlar (async/await/task);

- SQL yoki MongoDB boʻyicha asosiy bilimlar.

- .NET C# boʻyicha asosiy bilimlar - (maʼlumotlar turlari, oʻzgaruvchilar, xususiyatlar, usullar, sinflar, asosiy til konstruktsiyalari, toʻplamlar, tsikllar);

- VisualStudio 2017/2019 bilan ishlash qobiliyati.

Qoʻshimcha imtiyoz quyidagilar boʻladi:

- SOLID, KISS, DRY, YAGNI tamoyillarini bilish;

- versiyalarni boshqarish tizimlari haqida umumiy tushuncha;

- unit-testlar haqida umumiy tushuncha;

- patternlar haqida umumiy tushuncha.

Java amaliyotiga nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

- ingliz tilini bilish: Intermediate va undan yuqori;

- OOP, algoritmlar va maʼlumotlar tuzilmalarini bilish;

- versiyalarni boshqarish tizimlari haqida umumiy tushuncha;

- Java Data Types & Classes; Java Generics, Collections & Exceptions; Java JDBC & SQL asoslari.

Qoʻshimcha imtiyoz quyidagilar boʻladi:

- Spring, Spring Boot, Hibernate haqidagi bilimlar.

Qanday qilib amaliyot oʻtash mumkin?

- Ikki yoʻnalishdan birini tanlang: .NET SandBox yoki Java SandBox, roʻyxatdan oʻting, saralash testidan oʻting va roʻyxatdan oʻtgandan soʻng suhbatdan oʻtish kerak boʻladi (testga taklifnomalar hammaga pochta orqali yuboriladi, “Spam” papkasini ham tekshiring)

Amaliyot muddati: 2 oy.

Boshlanish: 2022-yil 31-yanvar.

Format: onlayn.

Til: rus tili yoki ingliz tili (ixtiyoriy).

Roʻyxatdan oʻtish muddatlari:

- .NET SandBox: 2022-yil 16-yanvargacha;

- Java SandBox: 2022-yil 12-yanvargacha.

Roʻyxatdan oʻtish havolalari:

.NET Sandbox: https://forms.gle/GqoBYgAc3FKPsVCs6

Java Sandbox: https://forms.gle/6r6xzZcALikWc78M8

Foydali fakt:

* Statistik maʼlumotlarga koʻra, amaliyot bitiruvchilarining 50% dan ortigʻi “Exadel” dan ish takliflarini oladi.

“Exadel” kompaniyasi haqida

Kompaniya mijozlarga oʻz biznesini boshqarish va rivojlantirish uchun zarur boʻlgan raqamli platformalar, mahsulotlar va ilovalarni yetkazib beruvchi dasturiy taʼminotni dasturlash bilan shugʻullanadi.

“Exadel” ofislari Amerika, Yevropa va Osiyoda joylashgan.  Yigirma yil avval “Exadel” Silikon vodiysidagi kichik ofisda bir necha kishi edi.  Hozirda ular uch qit’ada 1800 dan ortiq xodimga ega.

2022-01-06