IT Park rezidenti, xalqaro “Exadel” nomli IT kompaniya Junior QA bo‘lishni xohlaydiganlar uchun “Boshlang‘ich darajadagilar uchun dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazish” bo‘yicha bepul treningni ishga tushirmoqda.
Trening 2 oy davom etadi, darslar onlayn formatda va ingliz tilida olib boriladi. O‘quv mashg‘ulotlari har bir talaba bajarilgan vazifa haqida izoh olishi va darsda uy vazifalarini tahlil qilishi uchun zarur bo‘lgan barcha nazariy ma’lumot va amaliy vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Trening “Exadel” ning yetakchi mutaxassislari tajribasiga hamda dunyo miqyosida tan olingan ISTQB sertifikatlash dasturiga asoslangan holda ishlab chiqilgan.
“Exadel” ushbu treningni 2010-yildan buyon olib boradi va ushbu kursni yakunlagan talabalarning yarmidan ko‘pi ishga taklif olgan.
O‘quv dasturi va materiallari muntazam ravishda yangilanib turadi va sinov dunyosidagi so‘nggi o‘zgarishlar va yangiliklarga qarab moslashtiriladi.
Treningni yakunlagandan so‘ng (barcha ma’ruzalarda qatnashish va amaliy topshiriqlarni bajarish sharti bilan) siz qo‘rqmasdan Junior QA lavozimiga nomzodlik qilishingiz mumkin.
Trening dasturi:
1. Kirish ma’ruzasi. Tanishuv. Asosiy tushunchalar.
2. Sinov. Sinov nima uchun kerak. Sinovning maqsadlari va vazifalari. 3. Mahsulotni hayot siklida sinovdan o‘tkazish. Scrum.
4. Statik sinov. SQL.
5. Dinamik sinov.
6. Sinov jarayonini boshqarish.
7. Sinovda asqatadigan Tools.
8. Mobil sinov.
9. Xavfsizlikni sinovdan o‘tkazish asoslari.
10. Veb sinov, API, JSON.
11. Soft skills. Jamoada muloqot qilish qoidalari.
12. Intervyu savollari. Biror narsani bilishingizni qanday ko‘rsatish mumkin. To‘g‘ri rezyume. Sizning savollaringiz.
13. Yakuniy test.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- Ingliz tilini kamida Intermediate darajasida bilish.
- SQL bo‘yicha boshlang‘ich tushunchaga ega bo‘lish.
- OS nima ekanligini va uning kompyuter va mobil qurilmalar uchun ishlatiladigan turlarini bilish.
- (TLS, HTTP/HTTPS, SSL, TCP/IP) asoslarini bilish.
- Sinovchi sifatida ishlash istagi!
25-martga qadar ro‘yxatdan o‘tishga ulguring: http://bit.ly/3vpb5P7
Agar savollaringiz bo‘lsa, freetraining@exadel.com ga murojaat qiling
Ma’lumot uchun:
“Exadel” - bu IT Park rezidentlaridan bili bo‘lib, 20 yillik tajribaga ega xalqaro IT kompaniya hisoblanadi. Kompaniya konsalting va strategiyani shakllantirishdan tortib, ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlashgacha bo‘lgan barcha xizmatlarni taqdim etadi. Kompaniyada AQSh, O‘zbekiston, Belorusiya, Germaniya, Polsha, Litva, Ukraina, Rossiya va Gruziya davlatlaridan 1200 dan ortiq xodim faoliyat ko‘rsatadi. “Exadel” kompaniyasining shtab-kvartirasi AQShning Kaliforniya shtatidagi Walnut Crerek shahrida joylashgan.
Kompaniya haqid batafsil ma’lumot: https://exadel.com/
2021-03-19