IT Park rezidenti Kambodja Qirolligining CACA uyushmasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

IT Park’ning yetakchi rezident-kompaniyalaridan biri - “RealSoft” Kambodja Qirolligining “CACA” (Kambodja qishloq xo‘jaligi kooperativ uyushmasi) tashkiloti bilan hamkorlik memorandumi imzoladi.

Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik Kambodja qirolligining qishloq xo‘jaligi sohasidagi imkoniyatlarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shishi kutilmoqda.  Imzolangan bitim doirasida “RealSoft” uyushmaning IT sohasidagi innovatsion yechimlarini ishlab chiqish, joriy etish, ichki tizimini boshqarish, sifat va samaradorlikni oshirish kabi masalalarni raqamlashtirish bilan shug‘ullanishi ko‘zda tutilgan. 

Ma’lumot uchun:

“RealSoft” - axborot texnologiyalari sohasidagi 20 yildan ortiqroq faoliyat yuritib kelayotgan va innovatsion  yechimlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan IT-kompaniya hisoblanadi. Kompaniya “Oilakredit”, “Online Mahalla”, “Hujjat.uz” va “Smart Market” kabi yirik loyihalarni amalga oshirgan. Shuningdek, “RealSoft” “Platon”, “Collective”, “RS Imzo”, “Carting”, “SmartAgro” kabi dasturiy mahsulotlarni muvaffaqiyatli ishlab chiqqan.

“CACA” (Cambodia Agricultural Cooperative Alliance) 2003-yilda tashkil etilgan birlashma bo‘lib, qishloq va fermer xo‘jaliklari mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish bilan shug‘ullanadi. 2013-yilga kelib tashkilot kooperatsiyalar uyushmasiga aylantirilgan. Hozirda uning tarkibida 1251 ta kooperatsiya mavjud bo‘lib, 19 ta korporatsiya uyushmasini ham o‘z ichiga oladi. 

2023-07-27