2020-yilning 27-noyabr kuni Toshkent shahrida joylashgan 9-sonli maktabga «MyTaxi» direktori Eshonxonov Muhammad Bobur kompaniya vakili sifatida tashrif buyurdi.
_1606710132.jpg)
Muhammad Bobur IT sohasidagi ish tajribasi bilan boʻlishib, ushbu sohaning istiqbollari, nega dasturlashda oʻzlarini sinab koʻrishlari kerakligi haqida qisqacha gapirib oʻtdi.
_1606710151.jpg)
«MyTaxi» direktori bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasidagi kasblar dunyodagi eng koʻp haq toʻlanadigan va yuqori talabga ega boʻlgan kasblardan biri ekanligini taʻkidlab oʻtdi.
_1606710170.jpg)
Shuningdek, u MyTaxi dasturi, uning qanday ishlashi, qanday qilib bunday dastur yaratish mumkinligi va bu uchun nimalarni bilish va qilish lozimligi haqida soʻzlab berdi.
_1606710188.jpg)
Suhbat yakunida maktab oʻquvchilari alohida qiziqish va ishtiyoq bilan MyTaxi’ning “ichki oshxonasi”, dasturning funksiyalari, MyTaxiʼning oʻz ishchilariga beradigan imkoniyatlari va boshqa koʻplab narsalar haqida savol berdilar.
_1606710201.jpg)
Bunday uchrashuvlar bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasining ahamiyati va oʻrni haqida yosh avlodda tushuncha va xulosa hosil qilishda ijobiy oʻrin tutadi.
2020-11-28