IT Park rezidenti “Tass Vision” Pokistonning “Tech Avenue” kompaniyasi bilan memorandum imzoladi

2021-yil 29-dekabr kuni IT Park rezidenti “Tass Vision” Pokistonning “Tech Avenue” kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Kompaniyalar oʻrtasidagi hamkorlik Oʻzbekiston, Pokiston va dunyoning boshqa mamlakatlarida kiberxavfsizlik, raqamli transformatsiya, “aqlli va xavfsiz” shahar texnologiyalari, sunʼiy idrok sohasida texnologik yechimlarni taqdim etish nuqtai nazaridan amalga oshiriladi.

“Tech Avenue” - bu butun dunyo boʻylab kompaniyalarga innovatsion yechimlarni taqdim etishga ixtisoslashgan kiberxavfsizlik va sunʼiy idrok dasturiy taʼminot kompaniyasi.  Kompaniya, qolaversa, “aqlli va xavfsiz” shahar texnologiyalarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan.

Kompaniyaning hamkorlari - yirik xorijiy tashkilotlar, jumladan:

“VMware” - bu virtualizatsiya uchun dasturiy taʼminotni ishlab chiqaruvchi eng yirik Amerika kompaniyasi.

“Schneider Electric” - frantsuz energetika kompaniyasi, sanoat korxonalari, fuqarolik va turar-joy binolari, maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari energetika subkomplekslari uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi kompaniya.

“Sandvine Incorporated” - ilovalarini dasturlash va tarmoqni tahlil qilish bilan shugʻullanadigan Kanada kompaniyasi.

“Tass Vision” - IT Park rezidenti boʻlgan sunʼiy idrok dasturiy taʼminot kompaniyasi.  Bugungi kunda kompaniya B2B Retail yoʻnalishida ishlaydi va butun O‘zbekiston boʻylab tizimga ulangan 200 dan ortiq doʻkonlarga ega.

Kompaniyaning mahsulotlari quyidagilar:

“VIZITOR ANALYTICS” - tashrif buyuruvchilar maʼlumotlarini yigʻish va tahlil qilish vositalari.

“HEATMAP” - xaridorlarning xatti-harakati va merchandising tahlili.

“FACEHR” - yuz tanib olish orqali xodimlarning vaqtini kuzatish.

2022-01-01