IT Park rezidentlari bilan eksportni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Namangan viloyatiga tashrifi doirasida mahalliy IT Park rezidentlari vakillari bilan uchrashdi.

Xususan, “KPI.COM”, “Sitelabs”, “NIGHTMARE LABS”, “JNG TECHNOLOGIES”, “TECH DATA SOFT”, “Eurosoft” va dasturiy taʼminot ishlab chiqish va IT-autsorsing xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan boshqa kompaniyalar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Uchrashuvlar davomida IT-kompaniyalar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, ular taqdim etayotgan xizmatlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, kompaniya vakillari bilan IT-xizmatlar eksporti hajmini oshirish, IT sohasiga yosh mutaxassislarni jalb qilish masalalari, shuningdek, viloyatda IT-sohasini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

2024-03-27