IT Park rezidentlari Olmaotadagi PLUS-Forumda qulay shartlarda ishtirok etishlari mumkin

17 va 18-oktyabr kunlari Olmaotadagi Rixos mehmonxonasida “Chegarasiz Fintech (Moliyaviy texnologiyalar). Raqamli Yevroosiyo” xalqaro PLUS-Forumi boʻlib oʻtadi.

Forum Yevroosiyoning asosiy mamlakatlari – ShHT, MDH, YeOII va boshqa xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻlgan bank va toʻlov sanoatidagi, fintech (moliyaviy texnologiyalar) va innovatsiyalar sohasidagi ishlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollariga bagʻishlangan.

Ikki kunlik tadbir ishtirokchilari toʻlov sanoatidagi ustuvorliklarni oʻzgartirish, neobanklar, kriptovalyuta sanoati, elektron tijoratning asosiy drayverlari, raqamli valyuta loyihalari, yangi ekvayring biznes modellari va boshqalar kabi dolzarb mavzularni muhokama qiladilar.

IT Park rezidentlari forumda maxsus narxda ishtirok etishlari mumkin — 350 yevro (50% chegirma). Ushbu narxga barcha tadbirlarda (konferensiya, davra suhbatlari, koʻrgazma) ishtirok etish, ovqatlanish, PLUS-Forumining kechki qabulida qatnashish, axborot materiallari va yetakchi maʼruzachilarning taqdimotlaridan foydalanish kiradi.

Tafsilotlarni bilib olish va roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi saytga kiring: https://fintech.plus-forum.com/

Qoʻshimcha maʼlumot: +998 99 1109146.

2023-09-06