IT Park rezidentlari Qozog‘iston Respublikasi rasmiy doiralari vakillari bilan bo‘lib o‘tgan videokonferensiyada ishtirok etdi!

Joriy yilning 13-aprel kuni axborot texnologiyalari sohasida o‘zbek-qozoq videokonferensiyasi tashkil etildi.

Videokonferensiyada har ikki davlatning rasmiy va ishbilarmon doiralari ishtirok etishdi, ular orasida: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos, Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Axmetjanov Anuar, IT Park direktori o‘rinbosari Ayupov Bohodir va IT Park rezidentlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida IT Park rezident-eksportchilari konferensiya ishtirokchilarini o‘z kompaniyalarining faoliyati va kompaniyada amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishtirdi. Qolaversa, Qozog‘iston bozorida tadbiq etish mumkin bo‘lgan xizmat turlari va dasturiy ta’minotni namoyish etishdi.

Videokonferensiya yakunida rasmiy kelishuv tashkil qilish va IT Park’ga tashrif buyurish maqsadida Qozog‘iston Respublikasi rasmiy va ishbilarmon doiralarining tashrifi to‘g‘risida kelishuvga erishildi.


Videokonferensiyada qatnashgan IT Park rezidentlari haqida ma’lumot:

  1. “Green White Solutions”
    •  KPI xodimlari, savdo agentlari, mijozlarni qabul qilish, shuningdek farmatsevtika kompaniyalari bilan ishlash tizimlarini avtomatlashtirish uchun ko‘p funksiyali Smartup ERP tizimlarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan IT kompaniya.
  1. “Genesis innovation”
    • Mobil ilova, axborot tizimlari, to‘lov platformalarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan IT kompaniya.
  1. “Dataside technology”
    • IT konsalting, brendlash texnologiyalari, dizayn yechimlari hamda Internet loyiha, Internet marketing va saytlarni ishlab chiqish va loyihalashtirishga ixtisoslashgan IT kompaniya.
  1. “Smartchain”
    • Turizm va madaniyat sohalaridagi smart texnologiyalarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan IT kompaniya.
  1. “Oks technologies”
    • Ishlab chiqarish jarayonlari va biznes vazifalarini (CRM, ERP, KPI, HR, TIME) avtomatlashtirishga ixtisoslashgan IT kompaniya.
  1. “Workly”
    • Chakana savdo, HoReCa va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalariga ixtisoslashgan IT kompaniya.
  1. “ExactIT”
    • IT konsalting, axborot tizimlari (ERP va CRM tizimlari), to‘lov tizimlari, billing va biznes xizmatlarga ixtisoslashgan IT kompaniya.

2021-04-15