IT Park rezidentlari va resident bo’lishni istagan barcha uchun!

Oʻzbekistonda koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq holat barqarorlashginga qadar, IT Park Direksiyasi quyidagi ish tartibini joriy qiladi:

1. Bevosita uchrashuvlar butunlay bekor qilinadi. Sizni qiziqtirgan savollar boʻyicha konsultatsiyalar faqat telefon, Telegram va elektron pochta orqali amalga oshiriladi.

2. Rezidentlik maqomini olishga doir arizalar qabuli faqat veb-saytdagi (https://it-park.uz/ru/zayavka-rezidenta/) elektron shakl va resident@it-park.uz elektorn pochtasi yordamida amalga oshiriladi.

3. Rezidentlikka qabul qilingan kompaniyalar bilan shartnomalar imzolash va sertifikatlarni taqdim qilish ishlari har seshanba va payshanba kunlari oldindan qayd bilan soat 14:30 dan 17:30 gacha bajariladi.

IT Park Direksiyasi ofisiga istisnosiz niqobda tashrif buyurishingizni soʻraymiz.

Shuningdek, kasallik simptomlari (yoʻtal, tumov, holsizlik, isitma)  bilan, hatto u yengil shamollash boʻlsa-da, IT Park ofisiga kelmay turishingizni iltimos qilamiz.

Boʻglanish maʼlumotlari:

Тел. +998712091199

Bogʻlanish kontaktlari:

+998998106027 – Mahliyo Muhsinova, rezidentlarni roʻyxatga olish menejeri

+998998000011 – Dilnoza Joʻrayeva, rezidentlar faoliyatini monitoring qilish boʻyicha menejer

+998997106013 – Laziz Xudayev, tahliliy yordam boʻyicha menejer

Vaziyatga oqilona baho berasiz degan umiddamiz.

Salomat boʻling, oʻzingizni asrang!

2020-03-20