Siz tushunib turganingizdek, gap IT-Parkning rezidentlari va ularni rezidentlikdan chiqarib yuborilishiga qanday sabablar taʼsir qilishi mumkinligi haqida bormoqda.
Lekin avvaliga keling IT-Park rezidentlarining majburiyatlarini koʻrib chiqamiz.
IT-Park rezidentlarining majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
Shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik IT-Park rezidenti maqomidan mahrum boʻlishga olib keladi.
2020-yil 20-mart holatiga 61 ta yuridik shaxs rezidentlar roʻyxatidan chiqarildi. Ulardan 54 tasi auditorlik xulosasini taqdim etmaganligi va oʻz faoliyatini amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 159-sonli qaroriga Ilovada keltirilgan talablarni buzganligi sababli rezidentlik maqomidan mahrum boʻldi. IT-Parkning 7 ta rezidenti rezidentlik maqomidan ixtiyoriy ravishda voz kechdi, voz kechishning sababi esa, ularning oʻz faoliyatini tugatishlari va oʻzgartirishlari boʻldi.
Ayni paytda IT-Park rezidentlarining umumiy soni 359 taga yetdi.
Umid qilamizki, ushbu maqola siz uchun foydali boʻldi. Sizda bu borada hech qanday savol tugʻilmasligi uchun va oʻz majburiyatlaringizni bajarishingiz uchun ushbu maqolani diqqat bilan oʻqib chiqishingizni soʻraymiz.
2020-03-23