IT Park rezidentlarni moliyaviy boshqarish bo‘yicha menejer izlamoqda!

Bugungi kunda IT Park rezidentlari soni 416 ga yetgan. Va bu raqam tez sur’atlarda o‘sib bormoqda, chunki IT Park rezidenti bo‘lishni istaganlar juda ko‘p.

Shuning uchun ham IT Park o‘z vazifalarini aniq va uyg‘un tarzda bajara oladigan moliyaviy mutaxassis izlamoqda.

Nomzod uchun talablar:

1. Soliq qonunchiligini bilish;

2. Faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichini bilish (IFUT);

3. Word va Excel dasturlarini professional darajada bilish;

4. Rus, o‘zbek va ingliz tillarini (ixtiyoriy) bilish, savodli yozma va og‘zaki nutq so‘zlash.

Nomzodning vazifalari:

1. IT Park rezidentlari tomonidan soliq imtiyozlaridan foydalanishni tahlil qilish;

2. IT Park rezidentlarining choraklik hisobotlarini va yillik auditorlik xulosasini tahlil qilish;

3. IT Park rezidenti direksiyasiga mablag‘larning oylik nazorati;

4. Davlat organlariga turli biznes-xatlarni tuzish.

Ish tajribasi: 3-5 yil;

Shart-sharoitlar:

- Ish kunlari: 5 kun (9:00-18: 00);
- To‘liq ish kuni;
- Maosh: 5 000 000 so‘mdan + ijtimoiy paket;
- Lavozim oshish ehtimoli.

Biz jamoamizga izlayotgan xodim:

• Tashabbuskor va natija ko‘rsatadigan faol xodim
• O‘z hamkasblarini eshitish va tinglay oladigan, shuningdek, ish vaqtida yuzaga kelgan murakkab vaziyatlarni samarali hal qiluvchi xodim.

Nomzodning qobiliyat va ko‘nikmalari:

1. Qabul qilingan ma’lumotlarni baholash va tahlil qilish qobiliyati;

2. Qisqa vaqt ichida natijalarga erishish qobiliyati;

3. Bir vaqtning o‘zida turli vazifalar bilan ishlash qobiliyati.

Rezyumelaringizni bu yerga yuboring: hr@it-park.uz

2020-10-12