Koronavirus pandemiyasining tarqalishi va unga qarshi kurashish sharoitida biznes yuritish va kundalik hayotni tashkil etish uchun yangi usullardan foydalanish jamiyatdagi asosiy masala boʻlib qolmoqda. Bu borada AKT bizga taqdim etayotgan imkoniyatlar juda keng va butun dunyo uchun najot yoʻli boʻlib qolmoqda.
IT-Parkning rezidentlari xalqaro IT-hamjamiyati bilan birgalikda karantin sharoitida ham, undan keyin ham juda foydali boʻlishi mumkin boʻlgan onlayn xizmatlar, platformalar va dasturiy mahsulotlar yaratish sohasida ish olib bormoqda. Sizga eng qiziq IT-yechimlari orasidan bir nechtasi bilan tanishishni taklif etamiz:
Biznes yechimlar
1. Buxgalteriya yuritish uchun “Clobus” xizmati
Venkon Group kompaniyasi siz uchun sizning uyda, ofisda, koʻchada, ish safarida, chet elda va boshqa qayerda boʻlishingizdan qatʼiy nazar 1C: Buxgalteriya 8 bilan ishlay olish imkoniyatini yaratdi. Roʻyxatdan oʻtgan yangi foydalanuvchilar uchun Clobus tizimidan foydalanishning birinchi oyi bepul.
Batafsil maʼlumot uchun: https://clobus.uz
2. “GERMES” elektron hujjat aylanmasi tizimi
“Germes” “BAIK Technologies” MChJ kompaniyasining mahalliy dasturchilari jamoasi tomonidan elektron hujjat aylanishi vazifalarini bajaradigan oʻziga xos milliy dasturiy mahsulot sifatida ishlab chiqilgan. Hozirgi vaqtda tizimdan 50 dan ortiq asosiy davlat idoralari va tashkilotlari muvaffaqiyatli foydalanmoqda.
Batafsil maʼlumot uchun:
Tel: +99871 237 49 44
Elektron pochta: info@baik.uz
3. Birgaligda ishlash uchun “Selektel Ofis” ofis mahsuloti
Selektel Ofis – bu Google (G-Suite) yoki Microsoft (Office 365) kabi gigantlar tomonidan taklif etilgan ofis toʻplamlarining oʻxshashidir. Mahsulotning asosiy xususiyatlari – real vaqt tartibida hamkorlik qilish, hujjatlarning barcha platformalarda bir xil aks etishi, barcha mashhur platformalarda, jumladan mobil platformalarda (Android, iOS, Tizen) ishlash imkoniyati.
Dasturni ishlab chiquvchi “DATE-CENTR SELECTEL” kompaniyasi tashkilotlarga may oyining oxiriga qadar dasturdan toʻlovsiz foydalanish imkoniyatini taqdim etishga tayyor.
Batafsil maʼlumot uchun: http://selectel.uz/
4. “Selectel.Chat” korporativ messenjeri
“Selectel.Chat” har bir kompaniya uchun mahalliy joylashtiriladi va quyidagi afzalliklarga ega – kompaniya ichidan maʼlumotlarning chiqib ketishidan himoya qiladi, xodimlar nazorat qilish imkinini beradi, kompaniya foydalanuvchilari maʼlumotlari lokal joylashtiriladi va uchinchi shaxslarga (ommaviy messenjerlar egalari) berilmaydi.
Dasturni ishlab chiquvchi “DATE-CENTR SELECTEL” kompaniyasi tashkilotlarga may oyining oxiriga qadar dasturdan toʻlovsiz foydalanish imkoniyatini taqdim etishga tayyor.
Batafsil maʼlumot uchun: http://selectel.uz/
5. Koʻp kanalli marketing tizimi
Bu – chakana savdo doʻkonlariga onlayn savdolarni tez boshlash imkonini beradigan xizmat. Platformaning imkoniyatlari:
– Tayyor shablonlar yordamida tezda Internet-doʻkon va Telegram-bot yaratish;
– Sotuvchining barcha tovarlarini avtomatik ravishda savdo maydonchalariga va agregatorlariga chiqarish;
– Koʻp sonli tovarlarni bir vaqtning oʻzida barcha savdo kanallariga qulay va tez yuklash;
– Mijozlardan kelib tushayotgan arizalar haqida Telegram-xabarnomalar taqdim etish.
Platformaga havola: https://www.prom.uz/landing/website/
Ilovalar uchun chat bot: http://t.me/promuzfree_bot
6. Marketing, sotish va mijozlarni qoʻllab-quvvatlashni avtomatlashtirish boʻyicha “Funkio” xizmati
Ushbu xizmat ommabop messenjerlarda, shuningdek korporativ veb-saytda chat botlar yaratish va ularni bitta kabinetdan boshqarish imkonini beradi. Platformaning imkoniyatlari:
– Bu xizmat yordamida Telegram, Facebook va korporativ veb-sayt yoki onlayn-doʻkonda chat botlarini yaratish mumkin;
– Messenjerlarda tovarlar va xizmatlar katalogini koʻrsatish imkoniyati. Mashhur savdo maydonchalari bilan bogʻlanish imkoniyati;
– Facebook, Instagram va Telegramda tezkor soʻrovlar oʻtkazish, fikr-mulohazalar olish, reklama kompaniyalaridan arizalar yigʻish.
– Bazaviy CRM tizimi.
Platformaga havola: https://funkio.io/ru/
7. “Electron Document Manager” elektron hujjat aylanishi tizimi
Tizim elektron hujjatlar bilan ularning butun amal qilish muddati davomida ishlashni tashkillashtirish va avtomatlashtirish imkonini beradi. Asosiy vazifalari qatoriga hujjatlarni yaratish, oʻzgartirish, saqlash va yuborilish yoʻnalishini belgilash, shuningdek qidirish va tasniflash kabi bir qator xizmatlar ham kiradi.
Platformaga havola: http://edm.crm24.uz/
8. Yetkazib berish xizmatlarini avtomatlashtirish uchun “Ritm.Dostavka”
Yetkazib berish xizmati navbatchilari, kuryerlar va mijozlar uchun mobil ilova va veb-sayt koʻrinishidagi onlayn vosita. Imkoniyatlari: Buyurtmalarni rasmiylashtirish va kuzatib borish, Telegram bot orqali mijozlar bilan muloqot qilish, oʻzi ishlab chiqqan navigatorda maqbul yoʻnalishlarni tuzish, buyurtmalarni tarqatish va ilovadan qoʻngʻiroq qilish imkoniyati. “Ritm.Dostavka” da 3 soat ichida tadbirkorlar oʻzining yetkazib berish xizmatini oʻrnatishlari mumkin.
Platformaga havola: @ritmsupport_bot
Aloqa maʼlumotlari: +998977021511 va +998911331516
Elektron tijorat
9. “UzcardTrade” elektron savdo maydonchasi
Yuridik shaxslarning elektron tijoratning barcha turlarida 24/7 tartibida ishtirok etishlari, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishlari yoki sotishlari uchun moʻljallangan elektron maydon.
Platformaning imkoniyatlari:
– Ikki yoʻnalishda savdo yuritish: sotish (shopping) va sotib olish (procurement);
– Roʻyxatdan oʻtish, shartnoma tuzish, toʻlovni amaga oshirish – bularning barchasi elektron tijoratning har bir ishtirokchisi uchun yaratilgan shaxsiy hisobvaragʻida ishlatiladigan elektron raqamli imzo orqali amalga oshiriladi;
– Avtomatlashtirilgan shakllar – elektron chek, elektron hisob-faktura, elektron ishonchnomadan foydalanish bilan sotib olish yoki sotish paytida qogʻoz variantlaridan foydalanishni istisno qilish.
Platformaga havola: https://uzcardtrade.uz/
10. “Tovar.uz” platformasi
Xaridor va sotuvchilar uchun oʻziga xos va foydalanishga qulay savdo maydonchasi. Bu yerda Oʻzbekiston kompaniyalari va korxonalarining tovar va xizmatlarining barcha turlari taqdim etilgan. Platformaning maqsadi – xaridorlarga kerakli mahsulot yoki xizmatni tanlashda, sotuvchilarga esa, oʻz xaridorini topishda yordam berish. Imkoniyatlari: tovarlar yoki xizmatlarning batafsil tavsifi, fotogalereya, mahsulot yoki xizmatni nomi, toifasi, xususiyatlari va narxi boʻyicha qidirish.
Platformaga havola: https://tovar.uz
Maʼlumotlar xizmati
11. Oʻzbekistonning tashkilotlari va kompaniyalari boʻyicha maʼlumotlar bazasi
Telegram-bot @gpuzbot talabga binoan qidiruvni amalga oshiradi va uning bazasi real vaqt tartibida yangilanib turadi. Botning funksionalligi kompaniya haqida kerakli maʼlumotlarni uning batafsil aloqa maʼlumotlari bilan birgalikda tezkor ravishda olish imkonini beradi. Shuningdek, valyuta kurslari, kommunal xizmatlarning taʼriflari, ob-havo, eng kam ish haqi, prefikslar va shu kabi koʻplar foydali maʼlumotlarni olish mumkin. Maʼlumotlarni 2 ta tilda – oʻzbek va rus tillarida olish mumkin.
Telegram-botga havola: https://t.me/gpuzbot
Toʻlovlar
12. “Payme” toʻlov xizmati
Foydalanuvchilarga uyali aloqa va kommunal xizmatlardan tortib, oʻqish toʻlovlarini va kreditni toʻlashgacha boʻlgan koʻplab xizmatlar uchun onlayn toʻlovlarni amalga oshirishga imkon beradigan mobil ilova. Platformaning imkoniyatlari:
– Tovarlarni yetkazib berish xizmatlari uchun toʻlov toʻlash;
– Kommunal xizmatlar va davlat xizmatlari uchun toʻlov toʻlash;
– Bank kreditlarini toʻlash;
– Tovarlar va xizmatlar uchun toʻlov toʻlash (jismoniy va Internet-doʻkonlar);
– Uyali va Internet provayderlarining xizmatlari uchun toʻlov toʻlash.
Platformaga havola: https://payme.uz/
13. “MyUzcard” toʻlov ilovasi
Bu – Web va mobil ilovalar (Android va iOS) orqali elektron koʻrinishda naqd pulsiz toʻlovlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan tizim. Platformaning imkoniyatlari:
– Uzcard kartasi va Uzcard-UnionPay kobeyjing kartasi yordamida toʻlovni amalga oshirish;
– “Toʻlov tarixi” xizmatidan foydalanish yordamida pul mablagʻlarini boshqarish;
– Toʻlovlarni tejash va amaldagi valyuta kurslarini kuzatib borish;
– @Usernameʼdan foydalangan holda kartadan kartaga pulni oʻtkazish va pul oʻtkazmasiga izoh ilova qilish;
– QR-kod yordamida toʻlovni amalga oshirish;
– YHXBB belgilagan jarimalar toʻgʻrisida darhol toʻlash imkoniyati mavjud xabarnomalar olish.
Platformaga havola: https://myuzcard.uz/
Taʼlim
14. Dasturlash boʻyicha YuniorKod onlayn maktabi
Bu – 4 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun ijodiy dasturlash xalqaro maktabi. Vazifasi – oʻsib kelayotgan avlodga nafaqat dasturlash va kompyuter savodxonligi asoslarini, balki muvaffaqiyatli odamlarning koʻnikmalari va fikrlashlarini oʻrgatish. Darslar masofaviy shaklda oʻtkazilishi mumkin.
Aloqa maʼlumotlari:
Tel: +998 71 267-13-50
Telegram kanal: t.me/juniorcodeuz
Facebook: Facebook.com/juniorcode.uz
Instagram: instagram.com/juniorcode.uz
15. Oʻqituvchilarning “Classcom” virtual qabulxonasi
Bu – rus tilidagi elektron taʼlim tizimi. Tizim oʻquv jarayonini samarali va tezkor tayyorlash uchun zarur boʻlgan elektron resurslarni oʻqituvchi uchun qulay interfeysda taqdim etadi.
Platformaga havola: classcom.uz, Android uchun mobil ilovasi mavjud.
Qoʻshimcha
16. Domenlarni roʻyxatdan oʻtkazish va amal qilish muddatini uzaytirish
Eskiz IT Company oʻzining eskiz.uz veb-saytida onlayn tartibida xostingga buyurtma berish va toʻlash, yangi domenni roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, amaldagisini uzaytirish, SSL sertifikatini joylashtirish va sozlash imkoniyatini taqdim etadi.
2020-04-04