IT Park Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bilan memorandum imzoladi!

IT Park Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bilan hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladi.

Memorandum quyidagilarni oʻz ichiga oladi: institut tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini amalga oshirish, brend elchilari va inkubatsiya markazlari menejerlari uchun treninglar va boshqa koʻplab narsalar.

Hamkorlik quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:

- dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha yoshlar uchun treningni tashkil etish;

- grantlar va boshqalarni oʻz ichiga olgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish;

- startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish;

- individual dasturlarni amalga oshirish uchun oʻqituvchilar va murabbiylar almashinuvi;

- startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish uchun universitet binolari va infratuzilmasi hamda Samarqanddagi IT Park filialidan birgalikda foydalanish va boshqalar.

Oʻzbekistondagi universitetlar bilan hamkorlik yuqori sifatli va istiqbolli startaplar sonini koʻpaytiradi va ushbu yoʻnalishni mamlakat yoshlari orasida ommalashtiradi.

2021-03-16