IT Park sarmoyadorni saralash bo‘yicha tanlovning navbatdagi bosqichini e‘lon qiladi

IT Park Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun investorlarni tanlab olish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlovning navbatdagi bosqichi boshlanish arafasida ekanligini e‘lon qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrdagi 965-sonli qaroriga asosan, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi ma’muriy kengashi tasdiqlangan tanlov konsepsiyasi va mezonlariga muvofiq ravishda muqobil sarmoyadorlarni tanlab oladi.

Direksiya Ma’muriy kengashi qarori bilan tanlovning birinchi bosqichi yakunlandi, unda sarmoyadorlar va loyihalarni amalga oshirish shartlari belgilab olindi. Shu bilan birga, boshqa IT Park obyektlariga binoan sarmoyadorlarni saralab olish bo‘yicha tanlovning navbatdagi bosqichini o‘tkazish to‘g‘risida vazifalar belgilab olindi.

Tanlovda qurilish, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tajribaga ega xorijiy firma va mahalliy korxonalar ishtirok etishi mumkin.

Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:

- xarid obyekti hisoblangan tovarlarni yetkazib beruvchi shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan talablarga javob berish;

- investitsiya bitimini tuzish huquqiga ega bo‘lish;

- investitsiya bitimini amalga oshirish uchun zarur miqdorda moliyaviy resurslarga ega bo‘lish.

Tanlov taklifi bir nusxada va faqat muhrlangan konvertlarda ariza bilan birga qabul qilinadi.

Tanlov o‘tkazilishiga doir har qanday tushuntirishni talab qiluvchi murojaatni saralash bosqichi ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Tepamasjid ko‘chasi, 4-uyda har kuni 10:00 dan 17:00 gacha (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) Direksiyaga murojaat qilishlari mumkin.+99871 209 11 99; elektron manzil: info@it-park.uz

Mas‘ul kotib: Bekzod Umirzoqov; tel.: +998 99 812 60 00

Tanlov takliflari 2020-yil 16-noyabr kuni soat 15:00 dan kechikmay, (shanba va yakshanbadan tashqari) yuqorida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha Buyurtmachiga taqdim etilishi kerak.

Tanlov takliflari (konvertlar) ochilishi Buyurtmachi komissiyasi tomonidan belgilangan joy va sanada amalga oshiriladi. Saralash bosqichi ishtirokchisi Buyurtmachi komissiyasining mas‘ul kotibi tomonidan qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.

2020-11-05