IT-Park Sirdaryo filialida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi

IT Parkning Sirdaryo filialida yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarni oshirish, ushbu sohada malakali mutaxassislar tayyorlash va yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlashdan iborat.

Jumladan, IT-park rahbarligida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda yoshlar uchun maxsus “Foundation” dasturi yo‘lga qo‘yildi.

Tadbirda viloyat yoshlari, shuningdek, “Informatikaga kirish” mutaxassisligi, maxsus fanlar, chuqurlashtirilgan ingliz tili va tashkiliy jarayon bilan yaqindan tanishdilar.

Ushbu kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar IT-Park Onlayn Universitetida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

2022-04-08