Joriy yilning 16–17 sentyabr kunlari IT Park tashabbusi bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida Sirdaryo viloyati umumtaʼlim maktablarida bir qator oʻquv seminarlari va mahorat darslari oʻtkazildi.
5-sonli, 7-sonli, 16-sonli va 29-sonli maktablarga tashrif buyurgan IT Parkʼning viloyat vakillari va Guliston shahri IT Markazʼlari xodimlari tadbirlarda asosiy ishtirok etishdi. Asosan, axborot texnologiyalariga qiziquvchi maktab oʻquvchilari oʻquv seminarlari va mahorat darslariga taklif qilindi.
Seminarlarning asosiy maqsadi IT sohasiga qiziqishni oshirish va yoshlarni innovatsion IT loyihalarga, shu jumladan “Bir million oʻzbek dasturchisi”ga jalb qilish boʻldi. Maʼruzachilar IT Park, IT markazlari faoliyati va kelajak kasbini egallashni istagan har bir kishi uchun mavjud boʻlgan kurslar haqida batafsil gapirib berishdi.
Xususan, tadbir davomida Gulistondagi IT Markaz mobil robototexnika mutaxassislari taqdimot qildi va bu boradagi fikrlari bilan boʻlishdi. Ular nima uchun ITʼni oʻrganish kerakligi va nima uchun axborot texnologiyalari sohasi shunchalik qiziqarli va xilma-xil ekanlgigi haqida gaplashdilar.
Eslatib oʻtamiz, respublikamizning barcha hududlarida IT Markazʼlar ochilib, mamlakatning umumiy aholisiga sifatli va arzon IT taʼlim beradi. Bu yerda yoshlar dasturlash, mobil robototexnika, grafik dizayn, elektron sport va kompyuter savodxonligi kurslariga qatnashi mumkin.
Bunday tadbirlarning oʻtkazilishi yoshlarning axborot texnologiyalari, kelajak kasbini egallashning ahamiyati va talab qilinadigan mutaxassis boʻlish yoʻlida oʻquv jarayonining muhim qismi boʻlgan qiziqarli IT loyihalari haqida xabardorlik darajasini sezilarli darajada oshiradi.
2021-09-23