Joriy yilning 24-avgust kuni Sirdaryo viloyatida “Biz Sirdaryo yoshlari - yangi O‘zbekiston bunyodkorlarimiz” shiori ostida yoshlar konferensiyasi bo’lib o‘tdi, unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida IT Park vakillari faol ishtirok etishdi.
Yoshlar konferensiyasining asosiy ishtirokchilari Sirdaryo viloyati hokimi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi viloyat boshqarmasi vakillari hamda IT Park xodimlari bo‘lishdi.
Tadbir davomida tashrif buyuruvchilarga taqdimotlar, mahorat darslari va ko‘rgazma orqali IT Park faoliyati haqida keng ma’lumot berildi. Xususan, mobil robototexnika sohasidagi eng yangi ixtirolar, startap loyihalar va biznesning turli muammolarini hal qilish uchun innovatsion ishlanmalar ham taqdim etildi.
Yosh avlodning iqtidorli vakillari uchun yoshlar konferensiyasi tashkilotchilari tomonidan sovg‘a va sertifikatlarga ega tanlovlar va interaktiv tadbirlar tashkil etildi.
Bunday tadbirlarni o‘tkazish aholining axborot texnologiyalari va ushbu sohadagi dolzarb tendentsiyalardan xabardorligini oshirishga hissa qo‘shadi. IT tashkilotlari ishtirokidagi yoshlar konferensiyalari innovatsion ishlanmalar va boshqa talab qilinadigan IT sohalarga qiziqqan talabalar o‘rtasida iqtidorni aniqlashga yordam beradi.
2021-09-02