IT Park Skolkovo markazida: “Softlanding in Skolkovo” kurslari haqida

IT Park vakillari undagi akseletratsiya dasturi ishtirokchilari bilan birgalikda Moskva shahrida “Softlanding in Skolkovo” kusrlarini oʻtashmoqda.

Skolkova taqdim etadigan softlend dasturi xorijlik yuqori texnologiyali kompaniyalarning “Skolkovo” innovatsion markazi bazasida Rossiyaning innovatsion tuzilmasiga oid imkoniyatlar, bozori, jamgʻarma hamkorlari bilan tanishtirishga moʻljallangan.


Dastur quyidagilarni o’z ichiga oladi:

– qatnashchiga bir oygacha boʻlgan muddatga kovorkingda bepul ish joyi taqdim qilish;

– o’quv seminarlari, treninglar va ma’ruzalar, shuningdek rivojlanish institutlari, davlat organlari, Fond hamkorlari, investorlar, biznes farishtalar va yirik kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o’tkazish;

– individual loyiha menejeri bilan doimiy aloqada boʻlish, loyihani batafsil tahlil qilish, dastur davomida maqsadlarni belgilash, tezkor qoʻllab-quvvatlash;

– ishtirokchining IM jamoasiga qo’shilishi: «Skolkovo» loyihasi ishtirokchilari bilan tanishish, IMning asosiy tadbirlarida ishtirok etish;

– loyiha ishtirokchisi maqomini olishga ko’maklashish, arizani to’ldirishda maslahat berish.



Ushbu safar bizning startaplarimizni Rossiya bozori va uning imkoniyatlari bilan tanishtirish, shuningdek, qanday qilib Skolkovo rezidentiga aylanish va Rossiyada xizmat va mahsulotlar sotuvini boshlash maqsadida tashkil etildi

.


Mazkur kurs doirasida startaplar turli xil mutaxassislar oldida chiqish qiladilar, ularga loyihalarni amalga oshirish va takomillashtirish bo’yicha qimmatli maslahatlar beradigan eng yaxshi loyiha menejerlari bilan muloqot qiladilar.

Ta’kidlash joizki, IT Park vakillari, ushbu dasturda ishtirok etish bilan parallel ravishda, undagi inkubatsiya va akseleratsiya dasturini yanada yaxshilash uchun ushbu yoʻnalishdagi turli vakillar bilan uchrashadilar.

Ushbu safar, shubhasiz, xodimlarimiz uchun juda yaxshi tajriba boʻladi!


2020-03-06