IT Park startaplari “QazTech Ventures” vakillari bilan uchrashdi

O‘tgan haftada IT Park’da venchur moliyalashtirish, biznes-inkubatsiya va texnologik ekspertlarni qo‘llab-quvvatlash vositalari orqali texnologik tadbirkorlikni rivojlantirishga o‘z yordamini ko‘rsatayotgan “QazTech Ventures” vakillari bilan IT Park inkubatsiyasi va akseleratsiya dasturlarida o‘qiyatgan startaplar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda IT Park startaplaridan tashqari Uzcard Ventures startaplari ham ishtirok etishdi.

“QazTech Ventures” vakillari quyidagilardan iborat:

- “QazTech Ventures” direktorlar kengashi raisi Adil Nurgojin;

 - “QazTech Ventures” kengashi raisi Dias Beksulton;

- “QazTech Ventures” venchurlarini moliyalashtirish departamenti direktori Dias Kajaxmetov;

 - “Quest Ventures” marketing menejeri Gabdikamal Qodirjonov.


Uchrashuv davomida “QazTech Ventures” vakillari ishtirokchilarga “Kazakhstan Digital Accelerator” dasturini taqdim etishdi hamda dasturda ishtirok etishning barcha afzalliklari haqida so‘zlab berishdi.

Kazakhstan Digital Accelerator - bu akseleratsiya dasturi bo‘lib, uning maqsadi global bozorda istiqbolli startap-loyihalarni ilgari surish va Markaziy Osiyoning raqamli ekotizimini rivojlantirishdir.  Akseleratsiya dasturi yordamida startap ishtirokchilari uch oy davomida eng yaxshi xalqaro mentorlar va tajribali mutaxassislar tomonidan o‘qitiladi, biznesni yanada kengaytirish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.

Qolaversa, dastur doirasida har bir loyiha finalchisi uchun startaplarini yanada rivojlantirishlari uchun 50 ming AQSh dollari miqdorida sarmoya ajratiladi. O‘quv yakunida “Quest Ventures Demo Day” tadbiri o‘tkaziladi. Unda dastur bitiruvchilari, startaplar asoschilari qo‘shimcha investitsiya jalb qilish uchun o‘z loyihalarini keng doirali investorlar va strategik hamkorlarga taqim etishadi.

2021-07-12