2021-yil 13-avgust kuni IT Parkda inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari uchinchi to‘lqini doirasida IT tadbirkor Artur Pak-Vartanyan o‘tkazadigan notiqlik san’ati bo‘yicha onlayn trening bo‘lib o‘tadi.
Trening davomida ishtirokchilar notiqlik san’atining eng muhim jihatlari bilan tanishadilar, muvaffaqiyatli muloqotning mohiyati nimada ekanligini, tinglovchi sizni qiziqish bilan tinglashlari uchun nima qilish kerak ekanligini, nega oxirida "e’tiboringiz uchun rahmat" degan slayd qo‘yish va savol javob bilan taqdimotni yakunlash mumkin emasligini bilib oladilar.
Trening spikeri Artur Pak-Vartanyan - IT tadbirkor, insonning barkamol rivojlanishi bo‘yicha Growy.me xalqaro onlayn loyihasining ta'sischisi. Artur, shuningdek, notiqlik san’ati mahorati, vaqtni boshqarish va delegatsiya bo‘yicha biznes murabbiy.
Sana: 13-avgust 2021
Vaqt: 18:30.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://forms.gle/16kNFnVBmfSADMfQA
2021-08-04