1. Karantin – bu qandaydir yangi narsalarni oʻrganish va koʻplab fanlarni tushunish uchun ajoyib imkoniyat. IT Park eng yaxshi onlayn taʼlim platformalaridan biri – Coursera bilan hamkorlikda platformada bepul kurslarda oʻqish aksiyasini boshladi. 2020-yil 31-dekabrga qadar siz istalgan 4500+ kurslarning birida oʻqishingiz va xalqaro sertifikatga ega boʻlishingiz mumkin.
Roʻyxatdan oʻtish 30-sentyabrgacha: https://clck.ru/PeZoK
Batafsil: https://clck.ru/QBCNC
2. “FirstStepUp“ onlayn anjumani. Agar senda ajoyib gʻoya bor boʻlsa va oʻz startapingni yaratishni istasang, unda darhol roʻyxatdan oʻt va tadbirda ishtirok et. Spikerlar: Jahongir Poʻlatov va Dan Kamilov.
Roʻyxatdan oʻtish 12-avgustgacha: https://clck.ru/PvtPG
Batafsil: https://clck.ru/QBCQC
3. “Future Skills Uzbekistan” Respublika tanlovi. Muhandislik loyihalashtirish yoki robototexnika loyihalariga ega boʻlgan holda sen tanlovda ishtirok etishing va Respublika darajasida oʻzingni koʻrsatishing mumkin.
Roʻyxatdan oʻtish 1-sentyabrgacha:https://forms.gle/R2bYPGscjxDDyWPv6
Batafsil: https://clck.ru/Q7vga
4. Shaxsiy startapi uchun investitsiya va biznes angellarni izlayotganlar uchun esa IT Park va MOST oʻzaro hamkorlikda Investment Readiness Accelerator akseleratsiya dasturini ishga tushirdi.
Roʻyxatdan oʻtish 7-avgustgacha: http://clck.ru/Py3D7
Batafsil: https://clck.ru/QBCWE
5. GameDev Goethe oʻyin inkubatori birinchi mavsumida ishtirok etishga ulgurmadingmi? Havola boʻyicha oʻt va kuzgi mavsumga roʻyxatdan oʻt. Unda sen oʻz mobil oʻyinlaringni yaratishing va GameDevʼning Oʻzbekistondagi yorqin vakillari bilan tanishishing mumkin.
Roʻyxatdan oʻtish: https://forms.yandex.ru/u/5e99a97a52be1345091fbfe2/
Batafsil: https://t.me/GameDevGoethe
6. “Seedstars World 2020/21” – startaplar uchun onlayn kurs. Texnologik startapga ega boʻlganlar ishtirok etishi va 50 000$ investitsiya olishi hamda 500 000$ investitsiya va “Seedstars World 2020/21” xalqaro gʻolibi unvoni uchun kurashish imkoniyatini qoʻlga kiritishi mumkin.
Roʻyxatdan oʻtish 15-avgustgacha: https://seedsta.rs/2OL252M
Batafsil: https://clck.ru/Pntkj
7. Entrepreneurship World Cup 2020 (EWC) tanlovi Respublika bosqichi Oʻzbekistonda. Tanlov ishtirokchilariga shaxsiy loyihalarini xalqaro darajada namoyish qilish uchun ajoyib imkoniyat beriladi. Eng yaxshi ishtirokchilarni 1 million AQSH dollari pul ekvivalenti miqdoridagi sovrin jamgʻarmasi, shuningdek hamkorlardan 70 million AQSH dollaridan ortiq qiymatdagi bonus va maxsus takliflar kutib turibdi.
Roʻyxatdan oʻtish: https://clck.ru/Q4Dtg
Batafsil: https://clck.ru/Q4LMN
Oʻzingizga mos keluvchi istalgan tadbirni tanlang va unda ishtirok eting!
2020-08-10