Joriy yilning 1-noyabr kuni IT Park tashabbusi bilan “Techvibe” blogi ishga tushirildi, unda obunachilar texnologiya va raqamli sohadagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishishi, shuningdek, IT, biznes, marketing, yangi ishlanmalar, gadjetlar, o‘yinlar va boshqa mavzularda ham o‘z maqolalari bilan bo‘lishishi mumkin.
Ushbu blogda siz quyidagilarni topa olasiz:
- IT olamidagi so‘nggi va eng dolzarb yangiliklar;
- IT Park hamda O‘zbekiston bo‘ylab IT mutaxassislarining foydali maqolalari;
- IT mutaxassislari uchun barcha aktual tadbirlarning afishalari;
- Eng muhimi esa - faqat "haqiqiy dasturchilar" tushuna oladigan kulgili memlar.
Blog interaktiv bo‘lib, nashrlar ostidagi kommentariyalar va jonli muhokamalar uchun ochiq. Obunachilarga o‘z maqolalarini yozish uchun keng doiradagi sohalar va mavzular taqdim etiladi.
Muhim! Maqolalar rus, o‘zbek hamda ingliz tillarida yozilishi mumkin.
Blogga berilgan havola orqali kirishingiz mumkin: https://techvibe.uz/
IT olamidagi yangiliklarni Telegram kanalida ham kuzatib bora olasiz: https://t.me/techvibeuz
Instagram: @techvibe_uz
Facebook: @techvibeuz
Ushbu loyiha yoshlarni axborot-kommunikasiya texnologiyalari olamida ro‘y berayotgan voqealar haqida o‘z bilimlari, topilmalari va fikrlari bilan o‘rtoqlashishga jalb etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.
2021-11-07