IT Park BMTTD bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining IT-bozorini o‘rganmoqda.
Loyiha maqsadi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va axborot texnologiyalari xizmatlari eksportini oshirish, shuningdek, mamlakatda raqamli sanoatni rivojlantirish uchun qulay iqlimni yaratishdan iborat. Tadqiqot natijalari sohaning investitsion jozibadorligini oshirishga ham xizmat qiladi.
Tadqiqot quyidagi ma’lumotlarni aniqlashga qaratilgan:
- AKT sohasining umumiy savdo aylanmasi;
- IT sohasi rivojlanishiga bevosita yoki bilvosita ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi soliq, bojxona va bank cheklovlari;
- ichki va tashqi bozorlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi faol (IT-universitetlar diplomiga ega bo‘lgan va diplomsiz) mutaxassislar va frilanserlar soni;
- iqtisodiyotning investorlar uchun jozibador bo‘lgan hamda qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda IT-texnologiyalarni joriy etish maqsadga muvofiq bo‘lgan soha va tarmoqlari;
- iqtisodiyotning AKT bilan bog‘liq bo‘lmagan tarmoqlarida IT-mutaxassislarining umumiy bandligi;
- hududlar kesimida keng polosali internetga ulangan jismoniy va yuridik shaxslar soni;
- mamlakat iqtisodiyotining umumiy aylanmasidan innovatsiyalarga sarflangan xarajatlar va boshqalar.
2022-04-28