IT Park tomonidan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mobil robototexnika bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi

Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan IT Park tomonidan UNICEF Uzbekistan bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mobil robototexnika bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi. Tadbir shiori: “Biz turlichamiz. Barchamiz tengmiz!”

Mahorat darsi davomida “Entry” dasturlash asosidagi “NeoSoco” to‘plamlari yordamida bolajonlar elektronika, sxematexnika va robototexnika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Bunday mahorat darslari bolalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishga va kelajakda kasbga aylanishi mumkin bo‘lgan yangi turdagi faoliyatni o‘zlashtirishga yordam beradi.

Entry - bu shaxsiy animatsion va interaktiv o‘yinlar, taqdimotlar va loyihalar yaratish imkonini beruvchi boshlang‘ich darajadagi dasturlash turi. U Lego bloklari metaforasiga asoslangan bo‘lib, ulardan hatto eng kichik bolalar ham oddiy dasturiy konstruksiyalarni yig‘ishlari mumkin. Entry bolalarga amallarni osonlik bilan, xuddi rangli kubiklardan yasalgani kabi bajarishga yordam beradi.

2022-06-02