IT Park tomonidan Xitoy yuqori texnologiyalar parki (TusStar Qingdao) bilan birgalikda onlayn seminar o‘tkazildi

Onlayn tarzda kechgan seminar O‘zbekiston va Xitoyning IT ekotizimlari bilan tanishtirish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbirda ikki davlat elchixonalari vakillari, IT-Park mutaxassislari va rezident kompaniyalari, Xitoyning yirik IT-kompaniyalari, shuningdek, taniqli texnologiya markazlari ishtirok etdi.

“Qingdao Eecree Automation Technology Co.” Ltd, “Qingdao LAVAL Smart Technology Co.” Ltd,  Ltd, “Shandong Vision Land Digital Technology Co.” Ltd, va “Beijing BH Higer Information Technology Co.” kabi xitoylik yirik kompaniyalar mamlakat nomidan ishtirok etib, o‘z taqdimotlarida kompaniyalar faoliyati, ishlab chiqarayotgan yechimlar, dasturiy ta’minot va turli ishlanmalar haqida so‘zlab berdilar.

Muzokaralar davomida tomonlar IT Park va “TusStar Qindao” rezidentlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik, sun’iy intellekt, virtual (VR) va kengaytirilgan reallik (AR) yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollari ham muhokama etildi.

Qayd etish joiz, “TusStar Qingdao” dasturiy ta’minot yaratish, axborot va biotibbiyot texnologiyalari, sun’iy intellekt va robototexnika uchun yechimlar ishlab chiqishga ixtisoslashgan.

“Qingdao National University Science and Technology Park”, “LANEBEST Industrial Alliance of Incubation” va “Qingdao Industrial Technology Research Institute” ilmiy hamjamiyati vakillari SHHT doirasida IT sohasi va biznes sherikchilikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z qarashlari bilan bo‘lishdilar.

Seminar yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni kelgusida ham davom ettirish to‘g‘risida kelishib oldilar.

2022-05-26