IT Park Toshkent moliya instituti bilan memorandum imzoladi!

Bugun, 2020 yil 8 may kuni IT-park direktori Farhod Ibragimov Toshkent moliya institutining start-up loyihasi tanlovining yakuniy bosqichi doirasida universitet rektori va institutning boshqa vakillari bilan onlayn uchrashuv o’tkazdi.

Ushbu uchrashuv davomida IT Park va Toshkent moliya instituti o’rtasida hamkorlik to’g’risida memorandum imzolandi.

Toshkent moliya instituti tomonidan startap-ekosistemani rivojlantirish maqsadida startap-loyihalar tanlovi o’tkazildi. Mutaxassislar jamiyatning ayrim muammolarini / ehtiyojlarini hal qiladigan ko’plab loyihalarni ko’rib chiqdilar va baholadilar. IT Park vakillari ham ekspert sifatida ishtirok etishdi.

Tanlovning barcha mutaxassislari:

1. Usmon Rahimjonov, BMTTDning O’zbekistondagi vakili
2. Jamoliddin Babaxanov, O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bo’lim boshlig’i
3. Dilshod Zufarov, O’zbekiston venchur investitsiyalari uyushmasi raisi
4. Akmal Solihov, VRonika asoschisi
5. Anastasiya Filippova, IT-parkning raqamli transformatsiya loyihasi menejeri
6. Farrux Maksumov, IT Park inkubatsiya dasturi menejeri

Ishtirok etgan startap loyihalari:

  1. CITY BIKE (velosiped ijarasi)
  2. Suvenir mahsulotlarini ishlab chiqarish
  3. Pereday (jo’natma yuborish onlayn platformasi)
  4. SM Academy (xizmat ko’rsatish madaniyati bo’yicha orgatish)
  5. Onlayn biznes-platforma (O’zbekiston uchun «crowdfunding» platformasi)
  6. Energy of steps (alternativ elektrenergiya)
  7. O’quv adabiyotini raqamlashtirish texnolgiyasi
  8. Big data texnologiyalaridan sug’urta faoliyatida foidalanish
  9. VERUM QR-kaftdek namoyon (turistik ma’lumot xizmati)
  10. Bus Go (chiptalarni onlayn xarid qilish uchun ilova)
  11. Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga COVID-19 pandemiyasi ta’sirini yumshatishda bank kreditlaridan foydalanish samaradorligini aniqlashning skoring modeli
  12. Pandemiya sharoitida xo’jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy-iqtisodiy holatini baholash

Shuni ham ta’kidlash kerakki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan universitetlarda IT-parklar inkubatsiya markazlari ochiladi. Toshkent moliya instituti rektori Ulug’bek O’ktamovich Azizov yuqorida aytib o’tilgan inkubatsiya markazlari uchun joy ajratish bo’yicha ishlar allaqachon boshlanganini qo’shimcha qildi.

Ushbu onlayn uchrashuv natijasida ikkala tomon ham memorandumni muvaffaqiyatli imzolashdi va yordam va hamkorlik uchun bir-birlariga minnatdorchilik bildirishdi.

2020-05-08