IT Park, Tumaris Tech loyihasi doirasida o‘zbek tilini biladigan o‘qituvchi hamda yordamchi izlamoqda!

Tumaris Tech loyihasining dastlabki tarkibiy qismi doirasida ayollar uchun turli murakkablikdagi kurslarni taqdim etish rejalashtirilgan. Mazkur tarkibiy qism mustaqil yoki qo‘shimcha daromad manbayi topish istagida bo‘lgan, biroq shaxsiy biznesini ochishga tayyor bo‘lmagan xotin-qizlarga mo‘ljallangan. Bir vaqtda 6 yo‘nalish bo‘yicha 2 ta to‘laqonli kurs o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda. Bu yo‘nalishlar:

- boshlang‘ich kompyuter savodxonligi;
- kopirayting;
- grafik dizayn;
- SMM;
- veb dasturlash;
- mobil dasturlash.

Talab va shartlari: 

- Masofaviy ish;

- Yordamchilar barcha yo‘nalish bo‘yicha uyga vazifalarni tekshirishlari hamda o‘z fikr va mulohazalarini bildirib borishlari zarur.

- Yordamchilar 6 oy ishlashadi, o‘qituvchilar faqat kurslarni yozish uchun talab etiladi.

Qiziqsangiz bizga Telegram orqali murojaat qiling: @elvira_sl

2020-09-18