2021-yilning 29-30 – iyun kunlari Toshkent Botanika bog‘ida IT Park ishtirok etgan “Uchinchi renessans bunyodkorlari” shiori ostidagi yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar forumi botanika bog‘ini axborot texnologiyalari, filmografiya, dekorativ va amaliy san’at, gulchilik, adabiyot va san’at sohasiga qiziqadigan barcha uchun ko‘ngilochar manzilga aylantirdi.
O‘tkan ikki issiq va unutilmas kun davomida IT Park stendiga uch mingga yaqin kishi tashrif buyurdi, bu esa yoshlar orasida IT sohasiga bo‘lgan qiziqishning yuqori ekanligini namoyon etadi.
Botanika bog‘ining kirish qismida joylashgan IT Park stendidan turli xil tadbirlar, jumladan VRonica mutaxassislari va Gamedev Goethe inkubatorining bitiruvchilari tomonidan mobil o‘yinlar taqdimoti, barcha o‘ynashi mumkin bo‘lgan yosh mutaxassislar tomonidan yaratilgan VR/AR o‘yinlari, ikki kun davomida katta so‘rovga sabab bo‘lgan foto-zonalar, noodatiy selfi-oynalar, shu bilan birga, maktab o‘quvchilari va talabalar o‘z ixtirolarini namoyish etgan robototexnika “burchagi” o‘rin oldi.
Shuningdek, stend allaqachon yaxshi ma’noda “shov-shuv” bo‘lgan O‘zbekistonning yirik IT-kompaniyalarini ham namoyish etdi:
“Revotech”
- Kichik, o‘rta va yirik korxonalarga xizmat qiluvchi kichik ilovalardan tortib murakkab korporativ yechimlarga bo‘lgan IT-yechimlarini ishlab chiqadigan va taqdim etadigan IT-kompaniya.
“Revotech” kompaniyasining vakillari ikki kun davomida yoshlarga kompaniyada ishga joylashish uchun o‘z rezyumelarini qoldirish imkoniyatini berdi. Yoshlar kompaniya vakillari bilan mamnuniyat bilan muloqot qilishdi, uning faoliyati va qanday ishga joylashish va buning uchun qanday ko‘nikmalarga ega bo‘lish lozimligini bilib oldilar.
“ArzonApteka”
- Kerakli dori-darmonlarni tezda topishga, dorixonalarning narxlarini solishtirishga, ularning joylashuvini va dori-darmon turlarini hamda yana birmuncha amallarni bajarishga imkon beruvchi platforma. Yaqinda kompaniya “ArzonApteka” – “FOM Group” ijodkorlari O‘zbekistonni namoyish etgan “Arab Health 2021” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
“Project Managers”
- Raqamli marketing, o‘yinlarni yaratish, robototexnika va shu kabi sohalarda xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya. Forum davomida kompaniya buyuk qo‘mondon va davlat arbobi Amir Temur haqidagi o‘z o‘yinini namoyish etdi. Shuningdek, kompaniya Facebookning o‘rnini bosadigan va mamlakatimiz bugunida uning muqobiliga aylanadigan yangi "Imkon" ijtimoiy tarmog‘ini taqdim etdi.
Shuningdek, stenddan yosh va istiqbolli “sportspot” (ma'lum bir sport maydonchasini topish va bron qilish, kerakli murabbiy yoki sport bo‘limini tanlashga imkon beruvchi sport maydonchalarini agregatori) startap-loyihasi, “ВЖИХ” (foydalanuvchi manziliga yetib borish uchun aholiga eng yaqin stantsiyalarda elektr skuterlarni ijaraga berishni ta'minlaydigan xizmat) va boshqalar o‘rin oldi.
Bundan tashqari, bizning stendimiz mehmonlariga uzbekcoders.uz platformasida tez va sifatli ro‘yxatdan o‘tish, it-market.uz bozori bilan tanishish va shunchaki IT sohasida vakillari bilan muloqot qilish hamda uchrashish imkoniyati berildi. Ikki kun ichida 200 nafardan ortiq kishi uzbekcoders.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tdi.
Ikki kun ketma-ket IT-mutaxassislar sahnada o‘z loyihalarini taqdim etdilar, startaplar, dasturlash sohalaridagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Bizning mehmonlarimiz ham tanlovlarga jalb qilindi. Yosh dasturchilar va robototexniklar uchun noutbuklar, planshetlar va aqlli soatlar ko‘rinishidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan tanlovlar o‘tkazildi. Yosh mutaxassislar ko‘ngilli va faol ravishda tanlovlarda qatnashib, o‘zlarining professional mahoratlarini amalda sinab ko‘rishdi.
Forumning ikkinchi kuni IT Park stendini chetlab o‘tmagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tadbirning asosiy mehmoni bo‘ldi.
Prezident loyihalar bilan tanishdi, IT-kompaniyalar asoschilari va robototexnika sohasida o‘z ishlanmalarini namoyish etgan yoshlar bilan suhbatlashdi.
“Biz yoshlarning startap g‘oyalarni saralashning shaffof tizimini yaratamiz va kelgusi yilda eng yaxshi loyihalarni moliyalashtirish uchun budjetdan 100 milliard so‘m ajratamiz. Hudud hokimlari “Biznesga birinchi qadam” yoshlar startap-loyihalari uchun tanlovlar o‘tkazadilar va har bir tumandan kamida uchta g‘olibga mahalliy budjetdan grant ajratadilar. Bitta grantning o‘rtacha miqdori 50 million so‘mni tashkil etadi”, - deya ta’kidlab o‘tdi Shavkat Mirziyoyev.
IT Parkning ushbu forumdagi ishtiroki yoshlarga axborot texnologiyalari sohasi bilan yaqinroq tanishish, hamfikrlarni topish va yaxshi hamda samarali vaqt o‘tkazish imkoniyatini berdi.
2021-07-01