2021-yilning 29–30-iyun kunlari Toshkent shahridagi Botanika bogʻida “Uchinchi renessans quruvchilari” shiori ostida Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan Oʻzbekiston yoshlari va talabalari forumi boʻlib oʻtadi.
Tadbir oʻzbekistonda 2017-yildan buyon mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan nishonlanib kelinayotgan Yoshlar kuniga bagʻishlangan. Bundan tashqari, 2021-yil Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili, deb eʼlon qilindi.
Forumning asosiy maqsadi – tashabbuskor va iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga oʻz mahorat va qobiliyatlarini namoyish etish imkoniyatini berish, yosh avlodning ilm-fan, sanʼat, madaniyat va sportga qiziqishini oshirish, talabalar va bitiruvchilarni jamiyatda munosib oʻrin topishlariga yordam berish.
Forum doirasida tadbirlar va tanlovlar Toshkent shahar hokimligi, oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Chet tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, AOKA, Yozuvchilar uyushmasi, Ekologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Kinematografiya agentligi, Fanlar akademiyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari assotsiatsiyasi, MTRK va boshqalar koʻmagida tashkil qilinadi.
Forumda davlat tashkilotlari, kompaniyalar, vazirlik va idoralar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park va boshqalar vakillari hamda rahbarlari ishtirok etadi.
Axborot texnologiyalariga qiziqqan har bir kishi IT sohasidagi maxsus ajratilgan pavilyonga tashrif buyurishi mumkin.
Botanika bogʻiga kiraverishda IT Park stendi sizni kutib turadi, unda koʻplab koʻngilochar va taʼlim stendlari mavjud. Xususan, siz oʻzbekistondagi istiqbolli startaplarning yosh asoschilari, “One Million Uzbek Coders” loyihasining eng yaxshi bitiruvchilari, IT Park rezidentlari boʻlgan yirik IT kompaniyalari asoschilari, shuningdek, navigatsiya qilishda yordam berishga tayyor, tashkilot faoliyati, tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar va boshqa "yaxshiliklar" haqida aytib beruvchi IT Park vakillari bilan muloqot qilishingiz mumkin.
Bundan tashqari, bizning stendda siz VR/AR oʻyinlarini oʻynashingiz va XXI asrning eng dolzarb yoʻnalishlaridan biri – robototexnika bilan tanishishingiz mumkin.
Shuningdek, sizni quyidagilar kutmoqda:
- interaktiv planshetlar va taqdimotlar;
- fotozona va selfi oynasi;
- oʻz tajribalari haqida soʻzlaydigan va foydali hamda qiziqarli maʼlumotlar bilan boʻlishadigan IT olamining maʼruzachilari, IT kompaniyalari asoschilarining chiqishlari;
- tanlovlar va musobaqalar;
- mobil oʻyinlar taqdimoti;
- va shunchaki ijobiy va yengil IT muhiti.
Forum yakunida taniqli estrada yulduzlari, DJʼlar va shou-biznes yulduzlari ishtirokida katta gala-konsert boʻlib oʻtadi.
Forumning barcha tadbirlari ochiq havoda barcha karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilingan holda oʻtkaziladi.
29 iyun - ro'yxatdan o'tish tadbiriga kirish, 30 iyun - taklifnoma bo'yicha kirish.
Ro'yxatdan o'tish uchun: @Yoshlar_forumi_bot (Telegram)
2021-06-28