IT Park University jahon standartlari bo‘yicha yetakchi IT-mutaxassislarni tayyorlamoqda

“IT Park University” Oʻzbekistondagi axborot texnologiyalari sohasida amaliy taʼlimga yoʻnaltirilgan birinchi universitetlardan biri hisoblanadi. Universitet IT Park Uzbekistan koʻmagida yetakchi xalqaro IT-kompaniyalardan biri — “EPAM Systems” bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

IT Park University malakali IT-mutaxassislarini tayyorlashga yoʻnaltirilgan boʻlib, allaqachon qimmatli kadrlar zaxirasini shakllantirib ulgurdi. IT Park Uzbekistan rezidentlarining ortib borayotgani Oʻzbekistondan IT-mutaxassisliklari bitiruvchilarini qabul qilishga va ularga oʻz mamlakatida qolib, global loyihalar ustida ishlash imkoniyatini berishga tayyor boʻlgan yangi ish oʻrinlarini yaratishga xizmat qilmoqda. Bunday sinergiya Oʻzbekiston iqtisodiyotining umumiy oʻsishi uchun salmoqli turtki hisoblanadi.

Yaqinda IT Park universiteti “Ochiq eshiklar kuni” deb nomlangan yirik va yorqin tadbirda barcha xohlovchilar uchun oʻz eshiklarini ochdi. Talabalar va ularning ota-onalari universitet dasturlari bilan tanishib, ish bilan taʼminlash imkoniyatlarini oʻrganish maqsadida xalqaro ekspertlar bilan suhbatlashdilar.

“Ochiq eshiklar kuni” Oʻzbekiston IT-sanoatining yetakchi namoyandalari, xalqaro raqamli mahsulotlar yetakchilari va yangi avlod abituriyentlari — yangilangan IT sohasining boʻlajak mutaxassislarini birlashtirgan muhim voqea boʻldi.

Tadbirda IT sohasida kasbiy rivojlanish va taʼlimning asosiy jihatlari muhokama qilindi. Asosiy eʼtibor uzluksiz taʼlim olish va jadal oʻzgarib borayotgan texnologiyalarga moslashish muhimligiga qaratildi. Talabalar va yosh mutaxassislar uchun professional hamjamiyatlarning ahamiyati taʼkidlanib, bunday hamjamiyatlarda ishtirok etish tezkor rivojlanishga yordam berishi va yangi karyera imkoniyatlarini ochib berishi qayd etildi.

IT sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun kommunikatsiya va boshqaruv kabi texnik va yumshoq koʻnikmalarni rivojlantirish muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, yuqori taʼlim darajasini saqlab qolish va zamonaviy bilimlarni taqdim etish uchun yetakchi IT-kompaniyalar bilan hamkorlik qilish muhimligi koʻrsatib oʻtildi.

Xalqaro kompaniyalarda o‘z karyerangizni boshlashni istasangiz, IT Park University’dagi talabalik hayotining shart-sharoitlari va o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotni Instagram va universitet saytida bilib oling.

IT Park University bilan IT sohasida muvaffaqiyatli xalqaro karyerangizni boshlang! Telefon: +998 55-503-99-99. Telegram-bot: https://t.me/ITPU_bot.

2024-07-22