IT Park Uzbekistan “O‘zbekistonda Raqamli inklyuzivlik” loyihasi doirasida Farg‘ona ITES yangi binosi uchun ofis uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qilishni e’lon qildi.
Xarid doirasida zamonaviy multimedia jihozlarini sotib olish rejalashtirilgan, jumladan:
Uskunalar Farg‘ona shahri, A. Qodiriy ko‘chasi, 5-uy manziliga shartnoma imzolanganidan so‘ng 5 ish kuni ichida yetkazilishi lozim.
Tender IT Parkning hududiy markazlarini ta’lim berish, tadbirlar o‘tkazish va raqamli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash yo‘lidagi sa’y-harakatlari doirasida o‘tkazilmoqda. Loyihaning amalga oshirilishi IT Park rezidentlari va ta’lim dasturlari ishtirokchilari uchun qulay infratuzilma yaratishga xizmat qiladi.
Tenderda ishtirok etishni istagan kompaniyalar to‘liq tender hujjatlarini (RFQ) va batafsil ma’lumotni olish uchun udip@it-park.uz elektron manziliga so‘rov yuborishlari mumkin.
Tijorat takliflarini topshirishning so‘nggi muddati: 2025-yil 5-dekabr, soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan).
Aloqa uchun: (99871) 209 11 99 (ichki 1037), +99890 929 60 49.
2025-11-21