IT Park Uzbekistan: Innovatsiyalar muloqotda paydo bo‘ladi

Massachusets texnologiya institutining Kuo Sharper farovonlik va tadbirkorlik markazi tomonidan “Harvard Square Room” (AQSH)da tashkil etilgan “Global o‘sish bozorlarida innovatsiyalar: tadbirkorlik orqali farovonlik” xalqaro forumi doirasida “Markaziy Osiyoda mintaqaviy farovonlik uchun tadbirkorlik va innovatsiyalar salohiyatini ochib berish” mavzusida panel muhokamasi o‘tkazildi. Tadbir mintaqaning tizimli muammolarini muhokama qilish va mamlakatlararo hamkorlikni mustahkamlash yo‘llarini izlash uchun 50 dan ortiq innovatsion ekotizim yetakchilarini bir joyga to‘pladi. IT Park Uzbekistan forumning hamkori bo‘ldi va Markaziy Osiyo birinchi marta “Harvard Square Room” maydonida taqdim etildi.

Asosiy savollar — dadil javoblar

Panel muhokamasida IT Park Uzbekistan bosh direktori Abdulahad Kuchkarov, Qirg‘iziston “High Technology Park” bosh direktori Azis Abakirov, “Silkroad Innovations Hub” bosh direktori Aset Abdualiyev, Tanat Uskembayev, “Astana Hub” boshqaruvchi direktori, “Big Sky Capital VC” venchur hamkori Jenni Jenish, “CODIFY” asoschisi va bosh direktori Dina Ruslan ishtirok etdilar. Kuo Sharper nomidagi Massachusets texnologiya instituti farovonlik va tadbirkorlik markazi stipendianti Shamil Ibragimov sessiyaga moderatorlik qildi.

Muhokama ishtirokchilari quyidagi dolzarb mavzularni ko‘rib chiqdilar:

  • davlat tashabbuslari nima uchun har doim ham yutuqlarga olib kelmaydi;
  • qanday hollarda mintaqa ekotizimlari “haddan tashqari ehtiyotkor bo‘ladi” va buni qanday o‘zgartirish mumkin;
  • mintaqalararo hamkorlikka qanday to‘siqlar xalaqit bermoqda.

 

Abdulahad Kuchkarov shunday ta’kidladi:
“O‘zbekiston salmoqli natijalarga erishdi: imtiyozli soliq shartlari, 2600 dan ortiq rezident kompaniyalar, shu jumladan 642 ta xorijiy kompaniyalar. Ammo o‘zgarishlarning haqiqiy drayveri — bu hamkorlik madaniyatidir. Innovatsiyalar bo‘shliqda paydo bo‘lmaydi — ular ishonch, tavakkal qilishga tayyorlik va xatolardan saboq olish mavjud bo‘lgan joyda tug‘iladi.”

Bosh direktor IT Parkning strategik qadamlarini ta’kidladi:
• “Astana Hub” va “Silkroad Innovation Hub” bilan aloqalarni mustahkamlash;
• Toshkentdan tashqarida 9 000 ta ish o‘rni yaratish (hududlarda +240%).

Panel muhokamasi shunchaki muhokama emas, balki yangi tashabbuslar uchun boshlang‘ich nuqtaga aylandi. Asset Abdualiyev ta’kidlaganidek: “Markaziy Osiyo — bu beshta alohida mamlakat emas, balki yagona organizm. Bizning kuchimiz g‘oyalar xilma-xilligida, ammo kelajagimiz ularning integratsiyasida.”

IT Park Uzbekistan mahalliy startaplar va global imkoniyatlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarishda davom etmoqda. Keyingi qadam — mintaqaviy raqobatni hamkorlikka aylantirish bo‘lib, bunda bir kishining muvaffaqiyati barchaga manfaat keltirafi.

2025-04-29