“IT Park Uzbekistan” jamoasi Germaniyadagi “PDL Enpact” dasturida ishtirok etdi

19-25 yanvar kunlari Berlinda boʻlib oʻtgan “Program Design Learning” dasturida “IT Park Uzbekistan” jamoasi istirok etdi. Dastur koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekistonda startap ekotizimini rivojlantirish edi. U yerda bir hafta davomida IT-Park jamoasi dasturlarning dizaynini oʻrganishga qaratilgan bir qator vorkshoplar va amaliy mashgʻulotlarda qatnashdi.

Bundan tashqari, u yerdagi tashrifi davomida IT-Park vakillari startap ekotizimini rivojlantirish bilan shugʻullanuvchi bir qator kompaniya va tashkilotlarga, jumladan rent24, European School of Management and Technology, Motion Lab, Silikon Alley kovorking markazlari va Simens & Berlin School of Economics and Law qoshidagi Startup Incubator markazlariga tashrif buyurishdi.

Germaniyada boʻlgan davr davomida IT-Park jamoasi Oʻzbekistonni kelgusida yanada rivojlantirish uchun ikkita loyihani ishlab chiqdi, xususan: Corporate Innovators Team (CIT) – OTMʼlarning professorlarini oʻz talabalari bilan guruhdagi loyihaviy bandligini rivojlantirishga qaratilgan loyiha, Female Empowerment Project (FEP) – ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan loyiha.

Program Design Learning (PDL) dasturi Germaniyaning Enpact nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) topshirigʻi bilan “Oʻzbekistonning alohida hududlarini barqaror iqtisodiy rivojlantirish” dasturi doirasida tashkil etilgan.

2020-02-06