15 oktyabr kuni IT-park jamoasi Roadshow mGovAward doirasida Guliston va Jizzaxga tashrif buyurishdi.
Mahalliy universitetlarda o'tkazilgan seminarlarda 250 dan ortiq talabalar qatnashdilar.
Ishtirokchilarga mGovAward tanlovi haqida, tanlov mezonlari va g'olibni aniqlash to'g'risida ma'lumotlar berildi. Aksariyat talabalarni g'olib loyihalarning kelajakdagi taqdiri qiziqtirdi.
Shuningdek seminarlarda, IT Park Uzbekistan yaratayotgan imkoniyatlar, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari haqida ma'lumot berildi.
Eslatib o'tamiz, arizalarni qabul qilish 2020 yil 1 yanvargacha davom etadi. Shundan so'ng, fevral oyida tanlovning dastlabki bosqichi bo'lib o'tadi
Siz arizani ushbu havolada orqali to'ldirishingiz mumkin: mGovAward ariza
2019-10-18