IT Park Uzbekistan Japan IT Week 2025’da: autsorsingga qiziqish va yangi xalqaro aloqalar

Tokioda mintaqaning eng yirik texnologiya ko‘rgazmalaridan biri — “Japan IT Week Spring 2025” o‘tkazildi, unda IT Park Uzbekistan o‘z stendi bilan mamlakatimizni taqdim etdi. Ishtirok doirasida to‘rtta rezident taqdimoti o‘tkazildi, shuningdek, xalqaro kompaniyalar va rivojlanish institutlari bilan bir qator muzokaralar olib borildi.

“Local2Global.Japan” dasturi doirasida stendda IT Park rezidentlari taqdim etildi:

  • BePro DEVHUB — biznes jarayonlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etish.
  • LogiX — kichik va o‘rta biznes uchun ERP yechimlari provayderi.
  • Fido Business — korporativ sektor uchun axborot tizimlarini ishlab chiqish.
  • Giran Area — raqamli markirovka va agregatsiya sohasidagi yechimlar.

IT Park’ning tadbirdagi ishtiroki e’tibordan chetda qolmadi: noyob stend va dolzarb IT-yechimlar “ATC”, “Friendly Tech Co”, “Caliber Interconnect Solutions”, “Sungate Innovation Inc.” va “TICON System Limited” kabi kompaniyalarning e’tiborini tortdi. IT-xizmatlar eksporti sohasida tajriba almashish bo‘yicha “EDB Sri Lanka” va “Tech Destination Pakistan” vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Deloitte Tohmatsu Venture Support” kompaniyasi O‘zbekiston startap ekotizimini o‘rganish va mamlakatimizning innovatsion markazlari bilan aloqalar o‘rnatishga qiziqish bildirdi.

Rezidentlar yutuqlari

BePro Dev Hub

Yaponiyaning “SRA” kompaniyasi bilan dasturlash autsorsing shartnomasi tuzishga kelishib olindi.

Fido Business

Sumitomo Mitsui Banking Corporation” kompaniyasi raqamli bank yechimlariga qiziqish bildirdi. “Nikkeikin Aluminium Core Technology Co., Ltd” bilan qo‘shma sun’iy intellekt loyihalari imkoniyatlari muhokama qilinmoqda.

Giran Area

Rohto Pharmaceutical Co., Ltd.” bilan uchrashuv: O‘zbekistonda mahsulotlarni markirovkalash uchun raqamli xizmatlar muhokama qilindi, keyingi muzokaralar rejalashtirildi. O‘zbekiston bozorini istiqbolli deb hisoblaydigan yapon server uskunalari ishlab chiqaruvchilari bilan aloqalar o‘rnatildi.

LogiX

Moslashuvchan va arzon ERP-yechimlarini izlayotgan Yaponiyaning kichik va o‘rta biznes vakillari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Co-graph

IT Park rezidentlari bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi. Pilot loyihalardan boshlash rejalashtirilgan. Shuningdek, “ICTWEEK Uzbekistan” tadbirida ishtirok etishga qiziqish bildirildi.

Shinhodo

Uchrashuv davomida jamoani kengaytirish va O‘zbekistonda dasturchilarni topish masalalari muhokama qilindi. Kompaniya loyihalarni rivojlantirishni davom ettirish uchun 2025-yil iyul oyida tashrif buyurishini tasdiqladi.

IT Park’ning “Japan IT Week 2025”dagi ishtiroki jahon biznesining O‘zbekistonning IT-salohiyatiga qiziqishi ortib borayotganining yana bir tasdig‘i bo‘ldi. Hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy kompaniyalarni mahalliylashtirish va IT-xizmatlar eksportini kengaytirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

2025-05-01