“MATRADE” ko‘rgazma-konferensiya markazida bo‘lib o‘tgan “Malaysia Matrade Export Day 2024” tadbiri doirasida IT Park o‘zining strategik qarashlari va rivojlanayotgan texnologik imkoniyatlarini namoyishetdi. Tadbir O‘zbekistonning dinamik IT-ekotizimini taqdim etish, Malayziyaning IT-kompaniyalari tomonidan qiziqish uyg‘otish hamda soha yetakchilari va davlat tuzilmalari bilan istiqbolli aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi. IT Park delegatsiyasiga IT Park’ning Sirdaryodagi filiali direktori Oybek Anvarov boshchilik qildi hamda mazkur tadbirda tashkilotning manfaatlari va strategik qarashlarini ifodalashda muhim rol o‘ynadi.
Tadbirdagi asosiy uchrashuv va muhokamalar:
Muhim hamkorliklardan biri “United Technology Malaysia” direktori Barri Edmonds bilan uchrashuv bo‘ldi. Muzokaralar davomida istiqbolli hamkorlik loyihalari ko‘rib chiqildi, bu esa IT Park va “United Technology” o‘rtasida umumiy maqsadlarni belgilash va har ikki tashkilot o‘zaro o‘sish uchun o‘z tajribasidan qanday foydalanishi mumkinligini muhokama qilish imkonini berdi.
“United Technology Malaysia” raqamli transformatsiya, IT-xizmatlar va ilg‘or muhandislikka e’tibor qaratgan holda turli sohalarda texnik yechimlarning yetakchi provayderi hisoblanadi. Kompaniya davlat va xususiy sektor bilan faol hamkorlik qilib, texnologik taraqqiyot va mintaqaviy rivojlanishga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
IT Park delegatsiyasi, shuningdek, Malayziya Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi (MITI) vakillari bilan muhim muzokaralar o‘tkazdi. Savdo va investitsiyalarning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan hamkorlik va tajriba almashishning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari muhokama qilindi. “MITI” bilan hamkorlik IT Parkning savdo va innovatsiyalar sohasidagi eng yaxshi amaliyotlarni o‘zlashtirish va xalqaro standartlarga javob berishga sodiqligini tasdiqladi.
Malayziyaning savdo-sotiqni rivojlantirish bo‘yicha milliy agentligi “MATRADE” muloqotni qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda muhim rol o‘ynadi. ‘MATRADE” o‘zining savdo qo‘llab-quvvatlash dasturlari va bozor tahlilini taqdim etish orqali Malayziya kompaniyalariga yangi xalqaro bozorlarga chiqishga faol yordam beradi. Ushbu muzokaralar IT Park’ga texnologik korxonalar o‘sishini qo‘llab-quvvatlashning eng yaxshi amaliyotlari haqida qimmatli bilimlarni taqdim etdi.
“MATRADE” agentligining asosiy vazifasi bozor tahlili, savdo maslahatlari va biznes tashabbuslari orqali Malayziya kompaniyalarining global ishtirokini kengaytirishdan iborat.
“United Overseas Bank” (UOB) vitse-prezidenti Chin Shian Ying bilan o‘tkazilgan muzokaralar muhokamalarga moliyaviy istiqbolni bag‘ishladi. Tomonlar O‘zbekiston startap ekotizimini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mintaqada texnologik innovatsiyalarni ilgari surish bo‘yicha “UOB” maqsadlariga mos keladigan hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘llarini ko‘rib chiqdilar.
“UOB” korporativ bank xizmatlari va investitsiya yechimlarini taqdim etuvchi yetakchi moliyaviy institutlardan biri hisoblanadi. Bankning iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashi IT Park’ning O‘zbekistonda innovatsion ekotizim yaratish borasidagi qarashlariga to‘liq mos keladi.
Bundan tashqari, IT Park delegatsiyasi Bosh operatsion va texnik direktor Shon Suresh tomonidan taqdim etilgan “Basis Bay” kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda birinchi darajali Texnik qo‘llab-quvvatlash markazini tashkil etish imkoniyatlari va boshqa uzoq muddatli loyihalar, jumladan, O‘zbekistonda ma’lumotlar markazini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ushbu muzokaralar barqaror texnologik tashabbuslar va takomillashtirilgan IT-infratuzilmasi orqali o‘zaro manfaatlarni ta’kidladi.
“Basis Bay” — “yashil” ma’lumotlar markazlari va IT-infratuzilmasini boshqarishga e’tibor qaratgan holda barqaror va innovatsion IT-yechimlariga ixtisoslashgan Malayziyaning yetakchi kompaniyasi. Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Yevropa va AQShda o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan “Basis Bay” texnologiyalarni ekologik toza amaliyotlar bilan integratsiyalashga bo‘lgan yondashuvi bilan mashhur.
Ushbu uchrashuvlar IT Park Uzbekistan’ning mustahkam xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi texnologik va innovatsion yechimlarning strategik markazi sifatidagi mavqeyini mustahkamlashga intilishini ta’kidladi. Ushbu aloqalar orqali IT Park O‘zbekistonning texnologik ekotizimini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan kelajakdagi hamkorlik, investitsiyalar va bilim almashish uchun zamin yaratadi.
“Malaysia Matrade Export Day 2024” tadbirida ishtirok etish va yuqori darajada o‘tkazilgan uchrashuvlar IT Park’ning raqamli iqtisodiyotni va O‘zbekiston startaplarini jahon maydonida ilgari surish bo‘yicha missiyasini tasdiqladi. IT Park ushbu hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali bilimlar almashinuvini rag‘batlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va IT va innovatsiyalar sohasida barqaror o‘sishni ta’minlashga qaratilgan.
2024-11-07