IT Park “Uzbekistan outsourcing” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan xalqaro tadbirlarni xalqaro OAV orqali yoritib borishni tashkil etish yuzasidan tanlov

“IT-Park” O‘zbekistonning IT salohiyati va mamlakatda yaratilayotgan jozibador muhit bilan xorijiy yirik tashkilotlar, mutaxassislar, tadbirkorlar, tadqiqotchilar va IT sohasining ishqobozlarini yaqindan tanishtirish hamda ularning BPO markazlarini va hududiy ofislarini mamlakatda ochish imkoniyatini targ‘ib qiluvchi “Uzbekistan outsourcing” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan xalqaro tadbirlarni xalqaro OAV orqali yoritib borishni tashkil etish yuzasidan tanlov eʼlon qilinadi.

Tanlov “IT-Park” Maʼmuriy kengashi tomonidan tasdiqlangan mezonlar (quyida keltirilgan) asosida oʻtkaziladi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan yuridik shaxslar oʻz arizalarini 2024-yil 18-martdan 18-aprelga qadar “IT-Park”ning yuridik manzili boʻyicha taqdim etishlari mumkin. Muhrlangan arizalarni qabul qilishning yakuniy muddati 2024-yil 18-aprel soat 17:00 ga qadar.

Tanlov shartlari boʻyicha tushuntirishlar olmoqchi boʻlgan shaxslar har kuni (shanba va yakshanbadan tashqari) soat 10:00 dan 17:00 ga qadar “IT-Park” yuridik manzili boʻyicha murojaat etishlari mumkin boʻladi.

Masʼul xodim: Murodxo‘jayev Nosirxo‘ja, Bog‘lanish uchun : +998971898444

O‘zbekistonning IT salohiyati va mamlakatda yaratilayotgan jozibador muhit bilan xorijiy yirik tashkilotlar, mutaxassislar, tadbirkorlar, tadqiqotchilar va IT sohasining ishqobozlarini yaqindan tanishtirish hamda ularning BPO markazlarini va hududiy ofislarini mamlakatda ochish imkoniyatini targ‘ib qiluvchi “Uzbekistan outsourcing” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan xalqaro tadbirlarni xalqaro OAV orqali yoritib borishni tashkil etish yuzasidan tanlov o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Yuqorida koʻrsatilgan tadbirlar va ularni xalqaro OAVlarda yoritib borish xizmatlarini koʻrsatish uchun tanlov ishtirokchilariga qoʻllanadigan mezonlar:

Davlat ijtimoiy buyurtmasi tasdiqlangan texnik topshiriqga muvofiq ishlab chiqish va taklifini kiritish.

Tanlovda ishtirok etish uchun nodavlat notijorat tashkilotlari tegishli tanlov tashkilotchisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish:

  • davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishning batafsil tasnifi;
  • davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
  • nodavlat notijorat tashkiloti ustavining nusxasi;
  • qarzdorlik mavjud emasligi haqida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma;
  • maxsus ruxsatnoma (litsenziya) nusxasi, agar davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab etilsa.

Nodavlat notijorat tashkilotining tashabbusi bilan boshqa hujjatlar (sertifikatlar, o‘tkazilgan tekshirishlar bo‘yicha ma’lumotlar va shu kabilar) ham taqdim qilinishi mumkin.

Izoh. tanlov ishtirokchilariga qoʻllanadigan mezonlar yuzasidan taqdim etilgan hujjatlar tegishli shartnomalar, guvohnomalar nusxalari va rasmiy maʼlumotnomalar bilan birga taqdim etiladi. Loyihaga tegishli xujjatlar va texnik topshiriq bilan quyidagi link orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

2024-03-18