IT Park Uzbekistan SSOW Europe 2025 tadbirida mamlakatning investitsiya imkoniyatlarini taqdim etdi

IT Park Uzbekistan global biznes xizmatlari sohasidagi eng yirik professional tadbirlardan biri — “SSOW Europe 2025” doirasida o‘tkazilgan “Location-Agnostic GBS and BPO? Views from the Trenches: Lodz, Tashkent, Vilnius and Beyond” mavzusidagi panel muhokamada ishtirok etdi.

“SSOW Europe 2025” — bu Yevropa va butun dunyo bo‘ylab Shared Services, xizmat ko‘rsatish markazlari hamda autsorsing bo‘yicha yetakchi mutaxassis va ekspertlarni birlashtiruvchi nufuzli yillik konferensiya va ko‘rgazma. Tadbir ilg‘or tajribalar almashish, dolzarb tendensiyalarni muhokama qilish hamda xalqaro kompaniyalar va investorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.  

Invest in Lodz” va “Invest Lithuania” kompaniyalari vakillari bilan birgalikda IT Park Uzbekistan bosh direktori maslahatchisi Ahmed Abulez O‘zbekistonning GBS va BPO-markazlarini ochish uchun istiqbolli yo‘nalish sifatidagi strategik qarashlarini taqdim etdi. Panel muhokamasiga global xizmatlar joylashtirish sohasidagi yetakchi mutaxassislardan biri Elias van Hervarden moderatorlik qildi.  

Tadbir ishtirokchilar O‘zbekistonning asosiy afzalliklarini muhokama qildilar: IT-kompaniyalarning soliqlardan to‘liq ozod qilinishi; raqobatbardosh ish haqi bilan malakali, ko‘p tilli kadrlar; MDH, Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari o‘rtasidagi qulay geografik joylashuv; xorijiy investorlar ehtiyojlariga yo‘naltirilgan IT Park’ning keng qamrovli davlat ko‘magi va infratuzilma.

“SSOW Europe 2025” tadbirida ishtirok etish IT Park Uzbekistan’ga nafaqat mamlakatning yutuqlari bilan o‘rtoqlashish, balki xalqaro autsorsing sanoati vakillari bilan yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish imkonini berdi.

O‘zbekiston GBS va BPO sohasida yangi mintaqaviy yetakchi maqomiga ishonch bilan intilmoqda, IT Park esa mamlakatning investitsiya imkoniyatlarini global maydonda faol targ‘ib qilishni davom ettiradi.

2025-05-20