IT Park Uzbekistan vakillari, xizmatlar eksportini rivojlantirish bo‘yicha direktori Mahliyo Muksinova boshchiligida Ummonning “Al Muheet Institute” ta’lim markazi raisi, doktor Hamid Al Hinai rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar O‘zbekistonda ta’lim dasturlari, shuningdek, AKT sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Al Muheet Institute — Ummonning Maskat shahrida joylashgan sertifikatlangan o‘quv markazi bo‘lib, ingliz tili kurslari va kasbiy rivojlanish dasturlariga ixtisoslashgan. Institut 2017-yildan beri faoliyat yuritib, bolalar va kattalar uchun asosiy til dasturlarini hamda ixtisoslashtirilgan treninglarni taklif etadi. Asosiy yo‘nalishlar orasida LanguageCert kabi xalqaro miqyosda tan olingan malakalar ham bor. “Al Muheet” mintaqaviy va xalqaro hamkorlar bilan faol aloqada bo‘lib, Ummonning xususiy ta’lim sektoridagi o‘z mavqeini mustahkamlamoqda.
Muzokaralar davomida doktor Hamid Al-Xinoiy O‘zbekistonda ta’lim tashabbuslarini, jumladan, ingliz tili kurslari va ixtisoslashtirilgan kasbiy tayyorgarlik dasturlarini yo‘lga qo‘yishni taklif etdi. Mahliyo Muksinova IT Park bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga va zarur yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Doktor Hamed Al Xinai tajriba almashishning muhimligini qayd etib, institut xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalarga asoslangan holda O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuvda raqamli texnologiyalar sohasida uzoq muddatli hamkorlik qilish va zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy etish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Tomonlar amaliy qadamlarni ishlab chiqish, jumladan, qo‘shma treninglar va sertifikatlash kurslarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
“Al Muheet Institute” bilan hamkorlik IT Park Uzbekistan’ga yosh mutaxassislar va tadbirkorlar uchun ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, AKT va sport sohasida kadrlar tayyorlashni kuchaytirish, shuningdek, O‘zbekistonning Fors ko‘rfazi mintaqasidagi ta’lim markazlari bilan xalqaro aloqalarini mustahkamlash imkonini beradi.
2025-10-02