IT Park Uzbekistanning Germaniya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistonidagi vakolatxonalari xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirmoqda

O‘zbekiston jahon IT-hamjamiyati bilan integratsiyalashish yo‘lida ishonchli qadamlar qo‘yishni davom ettirmoqda. Turli mamlakatlarda ochilgan IT Park Uzbekistan vakolatxonalari xalqaro hamkorlikni o‘rnatish a mustahkamlashda, qo‘shma loyihalar uchun imkoniyatlarni kengaytirishda hamda mamlakatning innovatsion salohiyatiga e’tiborni jalb qilishda muhim rol o‘ynamoqda.

Germaniya: Yevropa bozorlarining kaliti

Muhim yutuqlardan biri Germaniyada IT Park Uzbekistan vakolatxonasining ochilishi bo‘ldi. Germaniya nafaqat Yevropa IT-bozorining yetakchi ishtirokchilaridan biri, balki ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalarni o‘ziga jalb etuvchi markazdir. Ushbu mamlakatdagi vakolatxona Yevropa davlatlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bu quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:

• O‘zbekiston IT-ekotizimi salohiyatini namoyish etish;

• Yevropa kompaniyalarini hamkorlikka jalb qilish;

• tajriba va innovatsion yechimlar almashishni tashkil etish;

• startaplarni rivojlantirish va ularning mahsulotlarini Yevropa bozorida ilgari surishga ko‘maklashish.

Saudiya Arabistoni: innovatsion ekotizimlar o‘rtasidagi ko‘prik

Saudiya Arabistonida IT Park vakolatxonasining ochilishi bilan O‘zbekiston investitsiya fondlari va mintaqaning asosiy ishtirokchilari bilan aloqalarni o‘rnatish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ldi. “Vision 2030” dasturi doirasida o‘z texnologiyalarini faol rivojlantirgan Saudiya Arabistoni quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish uchun istiqbolli sherik hisoblanadi:

• IT va startaplarga investitsiyalarni jalb qilish;

• qo‘shma innovatsion loyihalarni yaratish;

• ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida bilim almashishni tashkil etish.

Ushbu hamkorlik O‘zbekistonning global qiymat zanjirlariga integratsiyalashuviga ko‘maklashadi, mamlakatning xalqaro investorlar uchun jozibadorligini oshiradi.

Janubiy Koreya: globallashuv sari birinchi qadam

Ta’kidlash joizki, avvalroq IT Park Uzbekistan Janubiy Koreyada o‘z vakolatxonasini ochgan edi. Ushbu qadam mamlakat IT-ekotizimining globallashuv strategiyasining muhim elementiga aylandi. Texnologik yetakchiligi bilan tanilgan Janubiy Koreya innovatsion yechimlarni amalga oshirishda kuchli ilhom manbai va namuna bo‘lib xizmat qilmoqda.

Koreyadagi vakolatxona allaqachon Osiyo texnologiyalari va hamkorlarini jalb qilishda muhim rol o‘ynadi, shuningdek, o‘zbek IT kompaniyalariga xalqaro bozorlar bilan hamkorlikning yangi bosqichiga chiqishga yordam berdi.

Istiqbol va vazifalar

IT Park Uzbekistanning dunyoning turli burchaklarida o‘z vakolatxonalarini ochishi mamlakatning jahon IT-sanoatiga faol integratsiyalashuvga bo‘lgan intilishini namoyon etadi. Ushbu vakolatxonalar muloqot, hamkorlik va birgalikda o‘sish uchun maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. Yaqin kelajakda quyidagilarni kutish mumkin:

• vakolatxonalar geografiyasini kengaytirish;

• qo‘shma xalqaro loyihalar sonini ko‘paytirish;

• O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi IT-hab sifatidagi rolini kuchaytirish.

O‘zbekiston IT sohasida global yetakchilikka ishonch bilan intilmoqda, IT Park vakolatxonalari esa xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va mamlakatning jahon bozoridagi nufuzini oshirishga hissa qo‘shadigan muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

2024-12-16