IT Park va «ASCON» AJ o‘rtasida memorandum imzolandi

26-aprel kuni “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar markazida “Innoprom–2022” ko‘rgazmasi doirasida “IT Park” va “ASCON” AJ o‘rtasida memorandum imzolandi.

 Memorandum imzolanishi munosabati bilan oʻtkazilgan yigʻilishda IT Park Direktorining innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari Jahongir Radjabov va “ASCON” AJ strategik marketing boʻyicha Direktori Baxin Evgeniy Viktorovich ishtirok etdilar.

Memorandum doirasida tomonlar bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, ular orasida IT-Poligon, hamda, O‘zbekistonda Vakolatli o‘quv markazini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

АСКОН – 1989-yilda tashkil etilgan Sovet va Rossiya dasturiy kompaniyasi.  U loyihalash va ishlab chiqarish faoliyatini avtomatlashtirish sohasida eng yirik fasturchi, dasturiy taʼminot yetkazib beruvchi va integrator hisoblanadi. Bugungi kunda kompaniyaning Rossiya, Belarus va Qozogʻistonda 30 ta vakolatxonasi mavjud.  Kompaniya taʼlim muassasalari bilan yaqindan ishlaydi: akademik va bepul dasturiy ta'minot litsenziyalarini taklif qiladi, sanoatni raqamli o'zgartirish uchun kadrlar tayyorlash bo'yicha qo'shma tadbirlarni amalga oshiradi.

2022-04-27