IT Park va Codify IT-kompaniyasi “ITʼga Kirish” bepul konferensiyasini o‘tkazdi

2022-yil 26-mart kuni Codify IT-kompaniyasi tomonidan IT Park bilan hamkorlikda tashkil etilgan “ITʼga Kirish” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

 “ITʼga Kirish” konferensiyani oʻtqazishdan asosiy maqsad – yoshlarni axborot texnologiyalari sohasi, IT bozoridagi eng so‘nggi tendensiyalar bilan tanishtirish hamda kelgusida hamkorlik qilish yoki bilim almashish uchun hamfikrlar bilan uchrashish edi.

Konferensiyada jami 130 dan ortiq kishi ishtirok etdi, ular mahalliy va xorijiy IT-mutaxassislarning ma’ruzalarini tinglash imkoniga ega bo‘ldilar, xususan:

 - Asyla Akuluyeva – Googleʼda Product-marketologi;

 - Elkinxuja Alimov – Super Dispatchʼda Product-dizayneri;

 - Ruxshod Abdullayev – EPAM Systemsʼda .Net dasturlash boʻlimining Boshligʻlari;

 - Kamila Salaxova – EPAM Systemsʼda Android-dasturchisi;

 - Lyutsiya Yarushkina – Super Dispatchʼda Team Leader QA;

 - Elvis Sadovskis – Latviya IT-kompaniyasi asoschisi.

 Taqdimotlar davomida mutaxassislar IT sohasidagi bilim va tajribalari bilan boʻlishdilar, biznesga raqamli texnologiyalarni qanday to‘g‘ri va samarali tatbiq etish, UX/UI-dizayni, veb-dasturlash va mobil ilovalarni yaratish nima ekanligi haqida gapirib berdilar.

Bundan tashqari, konferensiyada raqamli ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Humoyun Sultonov so‘zga chiqib, IT Park faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar va yoshlar uchun imkoniyatlar haqida gapirdi, hamda, IT sohasini o‘rganishga qiziquvchilarni IT-Markazlarida kurslarga taklif qildi.

Ishonch bilan aytish mumkinki, konferensiya samarali o‘tdi va ishtirokchilar mutaxassislarni qiziqtirgan savollarga javob oldilar.  Ta’kidlash joizki, eng faol ishtirokchilar ham tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

2022-03-28