IT Park va Green White Solutions kurslariga saralash imtixonlari yakunlan

26-apreldan 5-iyunga qadar IT Park va Green White Solutions kurslariga saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kurslarining asosiy maqsadi IT-sohasi rivojiga hissa qo‘shadigan malakali o‘qituvchilarni tayyorlashdan iborat.

Dasturda ishtirok etish uchun 550 dan ortiq ariza yuborilgan. Saralash jarayoni ikki bosqichda bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqichda matematika va ingliz tili fanlaridan test sinovlari o‘tkazildi. 276 nafar ishtirokchidan 116 nafari imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, ikkinchi bosqichga o‘tib, onlayn test sinovlariga yo‘llanma oldi.

Onlayn test sinovlari va ekspertlar bilan suhbatlar natijalariga koʻra, kursga 33 nafar ishtirokchi tanlab olindi.

Eslatib o‘tamiz, kurs davomiyligi 7 oy bo‘lib, u o‘zbek tilida onlayn va oflayn formatda olib boriladi.

Kursning asosiy bonuslaridan biri bu eng yaxshi bitiruvchilarga Green White Solutions kompaniyasida ishga joylashish imkoniyatidir, bu ularga professional va innovatsion muhitda o‘z faoliyatini boshlash imkonini beradi.

Saralash imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz va ularga o'qishlarida muvaffaqiyat tilaymiz.

2023-06-08