IT Park va “Innopolis” EIZ: hamkorlikning yangi bosqichi

2021-yil 7-iyulda IT Park rahbariyati Tatariston Respublikasining “Innopolis” EIZ rahbariyati bilan yopiq onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda IT Park direktori Farhod Ibragimov, IT Park direktori o‘rinbosari Bohodir Ayupov, IT Parkning xorijiy sheriklari bilan hamkorlik bo‘yicha menejeri Bekir Daskaev va “Innopolis” EIZ bosh direktori Renat Halimov, “Innopolis” EIZni rivojlantirish va rezidentlar bilan o‘zaro aloqalar bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Vadim Galeev ishtirok etdi.


Suhbat davomida Renat Xalimov kompaniya O‘zbekistondagi axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishni diqqat bilan kuzatayotganini va IT Park IT-mutaxassislari va MDH hududida IT-mahsulotlarni tayyorlash bo‘yicha yetakchiga aylanish uchun barcha zarur sharoitlarga ega deb hisoblashini aytib otdi. Shuningdek, u mamlakatda IT sohasini rivojlantirishda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamni ta’kidladi.

Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim, o‘qitish va ularni keyingi ish bilan ta’minlash sohalarida hamkorlik qilish, shuningdek, Tatariston kompaniyalarining O‘zbekistonda vakolatxonalarini ochish, IT Park rezidentlarining Rossiya bozoriga kirishi va boshqa ko‘plab masalalarni muhokama qildilar.

Suhbat davomida Farhod Ibragimov IT Park tomonidan axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotganligi haqida
aytib otdi. Xususan, u bugungi kunda birin-ketin ananaviy maktablarning oquvchilar IT asoslarini ozlashtirishlari va bitirgandan song IT-markazlarida kurslardan otishi va junior-dasturchilarga aylanishi mumkin bolgan ixtisoslashgan IT-maktablarga aylantirilayotganini takidlab otdi. 2021-2022 – oquv yilining oxiriga qadar butun mamlakat boylab 70 dan ortiq IT-maktablarni ochish rejalashtirilganini eslatib otmoqchimiz. 2023-2024 – o‘quv yilining oxiriga qadar respublikaning har bir tumanida bittadan umumiy 205 ta shunday maktab bo‘ladi.

“Barcha kompaniyalar talabalar va bitiruvchilarga qiziqish bildiradilar, biz esa “rovonka”ni kengaytiramiz va maktablardan boshlaymiz. 2021-yil oxiri – 2022-yil boshiga qadar O‘zbekistonda boshlang‘ich IT-mutaxassislar soni ortadi”, - ta’kidlab o‘tdi IT Park direktori.

Voronkaning kengayishi bu kelajakdagi IT-mutaxassislarni ospirinlikdan, yani maktabdan boshlab tayyorlashni oz ichiga oladi. Bu kompaniyalarga malakali mutaxassislarni izlashda keng tanlov imkoniyatini taqdim etadi.

IT Park vakillari xorijiy IT-kompaniyalarini o‘zlarining professionalligi va tajribalari tufayli yangi boshlovchi mutaxassislar darajasini ko‘tarishlari uchun O‘zbekistonga jalb qilish muhimligiga ham e‘tibor qaratdilar.

“Innopolis” EIZning bosh direktori Renat Xalimov, o‘z navbatida, Tatariston Respublikasida faol ishlaydigan IT-rekruting markazi haqida so‘zlab berdi.

“Biz markazlar sonini ikki baravar ko‘paytirmoqchimiz va sizning “voronka”ngizda ishtirok etmoqchimiz”, - deydi Renat Xalimov.

Renat Xalimov ushbu markazni O‘zbekistonda ochish va “Innopolis” EIZni mamlakat raqamlashtirish ekotizimiga qo‘shish istagini bildirdi.

Bundan tashqari, Renat Xalimov intervyudan oldin test sinovlaridan otish imkonini beruvchi faqat intern va junior mutaxassislar uchun moljallangan bosh ish orinlari elon qilinadiganJunior Hiring Daymaxsus platformasi haqida aytib otdi. Bundan tashqari, testlarni topshirgandan song, kompaniya vakillari mustaqil ravishda ozlariga mos bolgan mutaxassislarga murojaat qilishadi va suhbat vaqtini rejalashtirishadi. Renat Xalimov ushbu loyihani O‘zbekistonga integratsiya qilish mumkinligini qo‘shib o‘tdi.

“Innopolis” maxsus iqtisodiy zonasi rezidentlari o‘zlarining vakolatxonasini ochish va  mahsulotlarini mamlakatimizda tanishtirish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishadi.

O‘z loyihalarini Rossiya Federatsiyasida ilgari surishdan manfaatdor bo‘lgan IT Park rezidentlari endi Tatariston Respublikasi orqali Rossiya bozoriga chiqish imkoniyatiga ega.

IT Park, oz navbatida, yordam berishga tayyor::

- “Innopolis” EIZ rezidentlari – o‘zlarining vakolatxonalarini ochishda har tomonlama, jumladan, O‘zbekiston hududida yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘kazish, qulay joy, mutaxassislar topish kabilarda yordam beradi;

- IT
Park rezidentlari - Rossiya bozoriga kirish uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishda, shu jumladan hamkorlarni topish va h.k. Ushbu komakka qiziqqan IT Park rezidentlari quyidagi havoladagi anketani toldirib, undan foydalanishlari mumkin: https://forms.gle/QBAyVjRxPNs5CoXm9

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar kelgusi hamkorlik to‘g‘risida va 2021-yil 24-iyul kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan B2B uchrashuvi to‘g‘risida kelishib oldilar, unda tomonlar hamkorlik imkoniyatlarini batafsilroq muhokama qiladilar.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin IT Park direktori Farhod Ibragimov Qozon shahriga (Tatariston) tashrif buyurdi va u yerda EIZ va “Innopolis” universiteti, “BARS Group” sheriklik tarmog‘i, shuningdek Qozon axborot texnologiyalari texnik maktabi bilan yaqin hamkorlik to‘g‘risida kelishib olindi.

Tashrif haqida batafsilhttps://cutt.ly/smmbhnS

 


 

2021-07-09