IT Park va Jahon Banki IT-ta’limni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar

2022-yil 5-aprel kuni IT Parkʼda “Raqamli O‘zbekiston” loyihasiga tayyorgarlik missiyasi doirasida Jahon Banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Raqamli rivojlanish bo‘yicha global direktor v.b. va Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida raqamli rivojlanish amaliyoti menejeri Nikol Klingen xonim, hamda, raqamli rivojlanish bo‘yicha yetakchi mutaxassis, Raqamli rivojlanish bo‘yicha yetakchi mutaxassis, “Raqamli Oʻzbekiston” loyihasi boʻyicha ishchi guruh rahbari janob Juan Navas-Sabater, hamda, IT Park Direktori Farhod Ibragimov va IT Park Direktori oʻrinbosari Abdulahad Kuchkarov ishtirok etdilar.

 Uchrashuv davomida missiya ishtirokchilari loyihaning asosiy tarkibiy qismlarini muhokama qilib, asosiy e’tibor O‘zbekistonda BPO-bozorini rivojlantirishga qaratilganligini ta’kidladilar.  Mutaxassislar ushbu bozorning funksionalligini saqlab qolish uchun qanday sharoitlar yaratilgani va BPO-bozorini mutaxassislar bilan ta’minlash bo‘yicha ta’lim tizimida qanday chora-tadbirlar ko‘rilgani haqida muhokama qildilar.

Ishtirokchilar xususiy sektor bilan hamkorlikda IT-Markazlar, BPO-maktablari va kovorking markazlarini yanada rivojlantirish muhimligi haqida fikr almashdilar. Bundan tashqari, tomonlar maʼlumotlar xavfsizligi masalalariga eʼtibor qaratdilar.

Qolaversa, Nikol Klingen xonim IT-sohada ayollar soni o‘sishining ijobiy dinamikasini, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha «Tumaris Tech», «Tumaris Edu», «ITWomenUz», «TechBika» kabi ko‘plab loyihalarni qayd etdi.

 Sessiya yakunida ishtirokchilar navbatdagi uchrashuvda Armaniston misolida IT-Markazlar doirasida mintaqaviy rivojlanish tuzilmasi boʻyicha Armanistonning misolini muhokama qilish, hamda, mulkchilik va boshqaruv masalalariga to‘xtalib o‘tishga kelishib oldilar.

Bundan tashqari, Jahon banki delegatsiyasi Jizzax shahridagi IT Park filialiga tashrif buyurib, u yerda Jizzax viloyati hokimi Ergash Alibekovich Saliyev, IT Park Jizzax filiali direktori Nazira Muxitdinova va mahalliy IT-markaz talabalari bilan uchrauv o'tkazdi.

Mehmonlar filial faoliyati, shuningdek, O‘zbekistonda BPO-kompaniyalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi, xususan: ijarasiz jihozlangan ofisni taqdim etish (birinchi 6 oy); barcha turdagi soliqlar va bojxona to‘lovlaridan to‘liq ozod qilish; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i stavkasini kamaytirish - 7,5%; xorijiy kompaniyalar uchun dividend solig‘ini 5% gacha kamaytirish; xorijiy muassislar va chet ellik xodimlarga xizmatlar eksportidan chet el valyutasida dividendlar va ish haqi to‘lash; jamoa uchun kadrlarni tanlashda ko‘mak ko‘rsatish kabilar. 

 

2022-04-05