IT Park va Meros jamg‘armasi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun bepul IT kurslarini tashkil etdi

IT Park “Meros” xayriya jamg‘armasi bilan birgalikda, respublika aholisining barcha qatlamlariga yuqori sifatli IT ta’lim berish maqsadida Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik Uyi tarbiyalanuvchilari uchun bepul IT kurslarini tashkil etdi.  

Shu munosabat bilan, joriy yilning 21-sentyabr kuni mamlakatimizning barcha IT markazlarida bepul ta’lim olish uchun sertifikatlar berish marosimi tashkil etildi, unda Chirchiq IT markazi rahbarlari va xodimlari hamda “Meros” xayriya jamg‘armasi vakillari faol ishtirok etdilar.

14-Mehribonlik Uyi tarbiyalanuvchilariga xayriya jamg‘armasi nomidan sovg‘alar topshirildi, axborot texnologiyalarining talabgir yo‘nalishlariga xabardorlikni oshirish maqsadida dasturlash bo‘yicha master-klass ham o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, yashash joyidan qat’i nazar, respublikaning barcha IT markazlarida mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun ta’lim olish mutlaqo bepul. IT kurslarida bepul o‘qish uchun bolalar uyidan sertifikat olish va uni eng yaqin IT markaziga taqdim etish kerak.

Ushbu xayriya dasturi IT sohasini yanada rivojlantirish va mamlakatda startap ekotizimini yaratish uchun axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi tashabbuskor mutaxassislar sonini oshirish imkonini beradi

2021-09-28